Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Oʻrta Osiyoning markaziy qismidagi mamlakat. Oʻzbekistonning
poytaxti - Toshkent shahri. Davlat tili - Oʻzbek tili
Oʻzbekiston 12 ta viloyat , (Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon,
Qashqadaryo,
Samarqand, Fargʻona, Toshkent), Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iborat.
Toshkent
Toshkent — Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston
Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat
markazlaridan biri.
Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq
daryosi vodiysida
joylashgan. Aholisi 2,340,900 kishini tashkil etadi (2013). Shahar Qozog‘istonning chegarasiga yaqin
joylashgan.
Farg’ona vodiysi
Farg’ona tabiiy geografik o’lkasi Farg’ona vodiysida joylashgan bo’lib, atrofi
tog’lar bilan o’ralgan. Vodiy tabiati go’zal va maftunkor, noz-ne’matlarga boy,
jannatmakon o’lka bo’lib, foydali qazilma konlari ham bor. Shuning uchun ham uni «O’zbekiston
durdonasi» deb atashadi.
Farg’ona okrugining geologik va yer yuzasining tuzilishi, iqlimi, yerosti suvlarining xususiyatlari
bir xil bo’lmaganligi sababli uning tuproqlari ham xilma-xil.
Samarqand
Samarqand bunyod boʻlganidan buyon u Oʻrta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va
madaniy hayotida
katta mavqega ega boʻlib keldi. Shaharning Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashganligi, bu yerda
qadimdan
hunarmandchilikning shoyi toʻqish, mashhur Samarqand qogʻozi i.ch., kulolchilik,
temirchilik, novvoylik, qandolatchilik, badiiy kashtachilik va boshqa turlari hamda savdosotiq
ishlarining
rivojiga turtki boʻldi.
70% Complete
Jadvallar
Jadvallar bilan ma'lumotlarni osongina foydalanuvchiga yetqiza olasiz