CSS Ranglar

CSS Ranglar


Ushbu darsimizda CSS da ishlatiladigan ranglar haqida gaplashamiz. Ranglar 3 xil rangdan hosil bo'lgan. Ular qizil, yashil va ko'k.

CSS da ranglar 3 xil shaklda e'lon qilinadi:

  1. Rangning o'zining nomi bilan - masalan "red"
  2. RGB ning qiymati orqali - masalan "rgb(255, 0, 0)"
  3. Rangning 16 lik sanoq sistemasidagi qiymati orqali - masalan "#2196F3"

Rangning o'z nomi bilan e'lon qilish

Ranglar quyidagi rang nomlarini e'lon qilish orqali kiritiladi.

CSS da ranglar nomi hoh katta harf bilan yozilsin, hoh kichkina bo'lsin barchasini CSS qo'llab-quvvatlaydi. "RED"="red"="Red". CSS va HTML da 140 ta standard ranglar mavjud.


RGB (Red, Green, Blue) orqali e'lon qilish

RGB quyidagi formula orqali e'lon qilinadi: rgb(red, green, blue).

RGB ning har bir qiymati mos ravishda 0 dan 255 bo'lgan ranglarni o'z ichiga oladi. Masalan, rgb(255, 0, 0) bu qizil rang, chunki faqat qizilning qiymati maksimumga erishadi, qolganlari esa 0.

Red Green Blue
255 0 0

Rangning 16 lik sanoq sistemasidagi qiymati orqali e'lon qilish

Ma'lumki har bir rang o'zining 16 lik sanoq sistemasi o'z qiymatiga ega. Rangni o'z qiymati orqali e'lon qilish esa rangning 16 lik sanoq sistemasidagi qiymati orqali e'lon qilish deyiladi. Misol uchun #RRGGBB, RR bu qizil, GG bu yashil, BB bu esa ko'kdir. Buning qiymati 00 dan FF gacha bo'lishi mumkin.


Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017