HTML Asoslari

HTML Asoslari


Ushbu na'munalarda sizga notanish teglar uchrab qolsa, havotirlanmang.

Ularni keyingi sahifalarimizda o'rganib olasiz.


HTML dokumentlar

Barcha HTML dokumentlar <!DOCTYPE html> tegini kiritish bilan boshlanishi shart.

HTML dokumentining o'zi <html> bilan boshlanadii va </html> bilan tugaydi.

HTML dokumentninig ko'rinadigan qismi <body> va </body> orasida yoziladi

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
<html>
<body>

<h1>Mening birinchi sarlavham.</h1>
<p>Mening birinchi paragrafim.</p>

</body>
</html>

HTML Sarlavhalar

HTML sarlavhalar <h1> dan <h6> gacha bo'lgan teglar bilan bayon qilinadi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
<h1>Bu birinchi sarlavha.</h1>
<h2>Bu ikkinchi sarlavha.</h2>
<h3>Bu uchinchi sarlavha.</h3>

HTML paragraflar

HTML paragraflar <p> bilan ba'yon qilinadi

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
<p>Bu birinchi paragraf.</p>
<p>Bu ikkinchi paragraf.</p>

HTML Linklar (Havolalar)

HTML havolalar <a> tegi bilan bayon qilinadi

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
<a href="http://www.keepgoing.uz">Bu link </a>

Havolalarning manzili href atributi orqali beriladi.

Atributlar HTML elementlari haqida qo'shimcha ma'lumot berish uchun ishlatiladi.


HTML rasmlar

HTML rasmlar <img> tegi bilan ba'yon qilinadi

source(manba) fayl (src), alternativ tekst (alt), va o'lchamlar (width va height) atributlar k'rinishida beriladi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
<img src="keepgoing.png" alt="KeepGoing.uz" width="200" height="50">

...   Atributlar haqida k'proq ma'lumotni keyingi sahifalarimizda o'rganib olasiz


Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017