HTML ni quyidagi professional muharrirlar orqali taxrirlash mumkin:
KeepGoing.uz sayti HTML ni o'rganish uchun Sublime Text, Notepad (PC) va TextEdit (Mac) ni ishlatishni maslahat beradi
Biz oddiy matn muharrirlaridan foydalanish HTML o'rganishning yaxshi yo'li ekaniga ishonamiz
Notepad da birinchi web sahifangizni yaratish uchun quyidagi 4 ta bosqichga rioya qiling
Windows 7 yoki eskiroq versiyasida ochish uchun:
Пуск ni bosing (ekraningizdagi chap paski tugma). Barcha pragrammalar -> aksesuarlar-> Notepad ni bosing
Windows 8 yoki yangiroq versiyasida ochish uchun:
Пуск menyunisini oching -> Notepad tering
Notepad da o'zingiz HTML kodini yozing yoki ko'chirib oling
<!DOCTYPE html>
<html>
<body>
<h1>Mening birinchi sarlavham</h1>
<p>Mening birinchi paragrafim</p>
</body>
</html>
Faylni o'z kompyuteringizda saqlang.
Notepad da file dan сохранить как.. ni bosing.
Fayl nomini "vebsahifa.html" yoki .html kengaytmasi bilan tugovchi boshqa nom bilan nomlang
UTF-8 kodlash HTML dokumentlar uchun afzalroq hisoblanadi
ANSI kodlash tizimi faqat AQSH va G'arbiy Yevropa belgilarini o'z ichiga oladi.
Agarda rus alifbosi yoki Osiyo mamlakatlari alifbosidan foydalanmoqchi bo'lsangiz UTF-16 kodlash tizimini maslahat beramiz
Saqlangan HTML sahifani o'zingizga yoqgan brauzerda oching. Natija quyidagiga o'xshashroq bo'ladi: