HTML Elementlari

HTML Elementlari


HTML dokumentlari HTML elementlaridan yasaladi.


HTML elementlari

HTML elementlari bosh teg, yakun teg va ular orasidagi kontent bilan yoziladi

<tegnomi> kontent </tegnomi>

HTML elementiga bosh tegdan boshlab yakun tegigacha bo'lgan barcha narsa kiradi.

<p>Mening birinchi HTML paragrafim.</p>


Bosh teg Kontent Yakun teg
<h1> Mening birinchi sarlavham. </h1>
<p> Mening birinchi paragrafim. </p>
<br>

...   Ba'zi HTML elementlari faqat bosh tegdan iborat


Ichki HTML elementlari

HTML elementlari ichki (element ichida element) bo'lishi mumkin

Barcha HTML dokumentlar ichki elementlardan tashkil topgan

Bu misol 4 ta HTML elementidan tashkil topgan:

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
<!DOCTYPE html>
<html>
<body>

<h1>Mening birinchi sarlavham</h1>
<p>Mening birinchi paragrafim.</p>

</body>
</html>

HTML tegining tushuntirilishi

<html> elementi butun dokumentni ba'yon qiladi.

U bosh teg <html> va yakun teg </html> ga ega.

Uning kontenti esa boshqa HTML elementi ( <body> elementi)

<html>
<body>
<h1>Mening birinchi sarlavham</h1>
<p>Mening birinchi paragrafim.</p>
</body>
</html>

<body> elementi dokumentning tana qismini ba'yon qiladi

U bosh teg <body> va yakun teg </body> ga ega.

<body> elementining kontenti esa boshqa ikkita elementdan iborat (<h1> and <p>).

<body>
<h1>Mening birinchi sarlavham</h1>
<p>Mening birinchi paragrafim.</p>
</body>

<h1> elementi sarlavhani ba'yon qiladi

U bosh teg <h1> va yakun teg </h1> ga ega.

Elementning kontenti : Mening birinchi sarlavham

<h1>Mening birinchi sarlavham</h1>

<p> elementi paragrafni ba'yon qiladi.

U bosh teg <p> va yakun teg </p> ga ega.

Elementning kontenti: Mening birinchi paragrafim.

<p>Mening birinchi paragrafim.</p>

Yakun tegini esdan chiqarmang

Agar siz bundanda yaxshiroq va qattiyroq tekshiruvni hohlasangiz va sahifangiz XML orqali osonroq parse bolishini hohlasangiz doimiy ravishda teglarni yopishni unitmang. Bu albatta kelajakdagi muammolar oldini oladi. HTML elementlari yakun tegini esdan chiqarsangiz ham to'g'ri ishlaydi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
<html>
<body>

<p>Mening paragrafim
<p>Mening a paragrafim

</body>
</html>

Yuqoridagi misol barcha brauzerlarda ishlaydi, chunki yakun tegi ixtiyoriy hisoblanadi.

Hech qachon bunga tayanmang. Chunki yakun tegini esdan chiqarsangiz kutilmagan natijalar va hatolarga olib kelishi mumkin.


Bo'sh HTML elementlari

Kontentsiz HTML elementlari bo'sh elementlar deyiladi.

<br> yakun tegsiz element ( <br> elementi qator tugaganini bildiradi)

Bo'sh elementlar quyidagi teg dek yopilishi mumkin : <br />

HTML5 elementlarning yopilishini talab qilmaydi. tAgar siz bundanda yaxshiroq va qattiyroq tekshiruvni hohlasangiz va sahifangiz XML orqali osonroq parse bolishini hohlasangiz doimiy ravishda teglarni yopishni unitmang. Bu albatta kelajakdagi muammolar oldini oladi. elements.


Kichik Harfdagi Teglarni Ishlating.

HTML teglari kichik va katta harflarni farqiga bormaydi: <P> va <p> bitta narsani bildiradi

HTML5 standartlari kichik harfdagi teglarni talab qilmaydi, lekin W3C HTML4 da kichik harfdagi teglarni maslahat beradi, XHTML kabi dokument turlarida talab qiladi

...   InLab da biz har doim kichik harflardagi teglardan foydalanamiz.


Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017