HTML Mnemonik Belgilar

HTML Mnemonik Belgilar


HTML da band qilingan simvollar(belgilar), mnemonik belgilar bilan almashtirilishi kerak.

Klaviaturada mavjud bo’lmagan simvollarni mnemonik belgilar bilan ham almashtirsa bo’ladi.

Mnemonik belgilar ingliz tilida "Entities" deb nomlanadi.


HTML Mnemonik belgilar

Ayrim simvollar HTML tomonidan band qilingan.

Agar kichkina(<) yoki katta(>) simvollarini yozuvda ko’rsatish jarayonida, brauzer ularni teglar bilan adashtirib yuborishi mumkin.

Mnemonik belgilar HTML tomonidan band qilingan simvollarni tasvirlab berish uchun ishlatiladi.

Mnemonik simvol quyidagi ko’rinishda bo’ladi:

&mnemonik_nom;

YOKI

&#mnemonik_raqam;

Simvolni mnemonik belgida tasvirlash uchun: &lt; yoki &#60; ko’rinishida bo’lishi kerak

...   Mnemonik belgini, raqamlar o’rniga harflar bilan ifodalashning afzallik tomoni, bunday mnemonik belgini eslab qolish qulay.

...   Minus tomoni esa harflar bilan ifodalangan mnemonik belgini brauzerlar qo’llamasligi mumkin, bu holat raqamlar bilan ifodalangan mnemonik belgida ancha yaxshiroq.


Bo’linmas-Bo’sh Maydon

HTMLda Ko’p uchraydigan mnemonik belgi bu bo’linmas-bo’sh maydondir: &nbsp;

Bo’linmas-bo’sh maydon bu yangi qatorga bo’linib ketmaydigan maydon hisoblanadi.

Agarda ikki so’z bo’linmas-bo’sh maydon bilan ajratilsa qator ohiriga kelib qolganda bu ikki so’z alohida ajralib ketmaydi, ular doimo yonma yon bo’lib turadi.

Bo’linmas-Bo’sh Maydonda ajratilgan so’zlarga misol:

  • � 10
  • 10 m/s
  • 10 km/h
  • 10 PM

Bundan tashqari bo’linmas-bo’sh maydon brauzerlarda sahifaning kontentini bo’lib yuborilishidan saqlaydi.

Agar matnda 10 ta bo’shliq(probel, space) bo’lsa, brauzer ulardan 9 tasini olib tashlaydi. Agar yozuvda olib tashlanmaydigan oraliqni qo’shish uchun &nbsp simvolidan foydalaning.

...   Bo’linmaydigan-chiziqcha - &#8209 bo’linmaydigan juft so’zlarni yozishda qo’l keladi.


Ayrim Foydali HTML Mnemonik Belgilar

Natija Tavsif Harf Mnemonik Belgi Raqam Mnemonik Belgi
bo’linmas-bo’sh maydon &nbsp; &#160;
< kichik &lt; &#60;
> katta &gt; &#62;
& ampersand &amp; &#38
¢ sent &cent; &#162
£ funt &pound; &#163
¥ iyen &yen; &#165
yevro &euro; &#8364
© mualliflik huquqi &copy; &#169
® ro’yxatga olingan savdo belgisi &reg; &#174

...   Harflar bilan yozilgan entitilar katta va kichik harflarni farqlaydi, ya'ni &nbsp; va &NBsp; farqli


Diaktrik belgilar bilan ishlash

Diaktrik belgi bu harfga qo’shilgan glif(simvolik belgi) hisoblanadi.

Ayrim (̀ ̀) va (́ ) ga o’xshagan diaktrik belgilar, urg’u deyiladi.

Diaktrik belgilar harf yuqorisida yoki tagida, uning ichida va ikki harf orasida kelishi mumkin.

Diaktrik belgilarni sahifadagi belgilar majmui(yunikod)da mavjud bo’lmagan boshqa unikal belgi yozish uchun, harf va sonlar uyg’unligida ishlatilishi mumkin.

Namuna:

Belgi Harf Kod Natija
̀ a a&#768
́ a &#769
^ a &#770
~ a &#771
̀ O &#768
́ O &#769
^ O &#770
~ O &#771

Ko’proq HTML simvollarni keyingi bobda ko’rishingiz mumkin.


Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017