HTML Matn Formatlash Elementlari

HTML Formatlash

Matnlarni Formatlash:

Bu qalin matn
Bu kursiv matn
Bu yuqori indeks

HTML da Formatlash elementlari

Formatlash elementlari matn, so'z ni turli xil uslublarda yozishga imkon beradi, ular quyidagi turlarga bo'linadi:

• Qalin Matn
• Muhim Matn
• Kursiv Matn
• Ta'kidlovchi Matn
• Belgilangan Matn
• Kichik Matn
• O'chirilgan Matn
• Joylashtirilgan Matn
• Indeks Matn
• Yuqori Indeks

HTML Bold va Strong formatlash

Umuman olganda ko'rinish jihatidan  va (bold) teglarini farqi yo'q, ikkisi ham matnni qalin yani to'q qora shaklga o'zgartiradi. Lekin "text to speech"(matn ni o'qish) xizmati ishlaganda  tegi matn dan farqli tonda o'qiladi, biroq  tegi matn bilan bir xil tonda o'qiladi

Namuna:

bu qalin matn va oddiy o'qiladi
bu kuchli matn va farqli o'qiladi

HTML kursiv va ta'kidlovchi matn farqi:

Yuqoridagi  va  ga o'xshab bu ikki  va  teglarini ham ko'rinishi jihatidan farqi yo'q, ikkisiham matn ni "italic" yani biroz o'ng tomonga bukilishini ta'minlaydi. Biroq "text to speech"(matn ni o'qish) xizmati ishlaganda  tegi matn dan farqli tonda o'qiladi, lekin  tegi matn bilan bir xil tonda oqiladi

Namuna:

Bu kursiv matn va matnda oddiy o'qiladi .
bu takidlovchi matn  va  matnda farqli o'qiladi .

...   Hozirgi kunda  va  juda ko'p ishlatiladi  va  ga qaraganda chunki bu teglarni hamma brauzerlar qo'llab-quvatlaydi va "text to speech (tekstlarni audio holatida o'qib berish qobilyat)" xizmatida ham farqli o'qiladi

HTML kichik matn Formatlash

HTML  tegi matn ni kichik ko'rinishda yozish uchun ishlatiladi

Namuna:

HTML  kichik  Formatlash

HTML Belgilangan matn Formatlash

HTML  tegi matnni belgilashga ishlatiladi , u matn/textni orqa fonini o'zgartiradi

Namuna:

HTML  belgilangan matn  Formatlash

HTML O'chirilgan matn Formatlash

HTML  tegi o'chirilgan matn ni yozish uchun ishlatiladi, u mant ni ustidan chiziq tortib qoyadi

Namuna:

Mening sevimli rangim  ko'k  qizil.

HTML kiritilgan matnlarni Formatlash

HTML  tegi mant/text qo'shganda yoki yangi qo'shilgan matn/text ifodalash uchun ishlatiladi

Namuna:

Mening sevimli  rangim  qizil

HTML index matn yaratish

HTML  tegi index matn yaratishda ishlatiladi

Namuna:

Bu   index  matn.

HTML yuqori index(darajadagi) matn yaratish

HTML  tegi daraja yoki yuqori index hosil qilishda ishlatiladi

Namuna:

Bu  yuqori indexdagi  matn.

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!

Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017