HTML Head

HTML Head


HTML <head> Elementi

<head> elementi metadata(ma’lumotlar haqida ma’lumot) uchun konteyner

HTML metadata bu HTML dokumenti haqida ma’lumot. Metadatalar veb sahifalarda aks etmaydi.

Metadata odatda dokument nomi, uslubi, havolalar, skriptlar va boshqa meta ma’lumotlarni belgilaydi.

Quyidagi teglar metadatani ta’svirlaydi: <title>, <style>, <meta>, <link>, <script> va <base>.


<html> va <body> Teglarini Tushirib Qoldirish Mumkinmi?

HTML5 standartlari bo’yicha, <html>, <body>, va <head> teglarini tushirib qoldirish mumkin.

Quyidagi misol orqali buni ko’rishimiz mumkin:

Namuna:

<!DOCTYPE html>
<title>Sahifa titli</title>

<h1>Bu birinchi sarlavha.</h1>
<p>Bu birinchi paragraf..</p>

...   Ammo biz <html> va <body> teglarini tushirib qoldirishni maslahat bermaymiz.

<html> elementi veb dokument "o’zagi"(root) hisoblanadi. Bu yerda sahifa qanday tilda ekanligini aniqlash aks ettirilgan:

<!DOCTYPE html>
<html lang="en-US">

Sahifa tilini e’lon qilish ayrim dasturlar(displey riderlar) va qidirish tizimlari behato foydalanishi uchun muhim hisoblanadi.

<html> va <body> teglarini tushirib qoldirish, yaxshi tuzilmagan DOM/XML dasturlarida buzilishga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, <body> tegini tushirib qoldirish eski brauzerlarda(Internet Explorer 9) xato holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.


<head> tegini Tushirib Qoldirish

HTML5 standartlari bo’yicha, <head> tegini ham tushirib qoldirish mumkin.

Defolt bo’yicha, brauzerlar <body> tegidan oldin turgan barcha elementlarini defolt <head> elementiga qo’shib qo’yadi.

<head> tegini tushirib qoldirib, HTML ni soddalashtirishingiz mumkin:

Namuna:

<!DOCTYPE html>
<html>
<title>Sahifa titli</title>
<body>
<h1>Bu birinchi sarlavha</h1>
<p>Bu birinchi paragraf</p>
</body>
</html>

...   Teglarni tushirib qoldirish ko’p veb dasturchilar uchun notanish. Bularni HTML yo’riqnomasiga kiritish uchun bir qancha vaqt talab qiladi.


HTML <title> Elementi

<title> elementi HTML dokumentning nomini, sarlavhasini bildiradi.

<title> elementi barcha HTML/XHTML dokumentlarida talab qilinadi.

<title> elementi:

  • brauzer vkladkasida sarlavhani belgilaydi
  • tanlanganlarga qo’shilganda, sahifaning nomini ko’rsatadi
  • didiruv natijalarida sahifaning nomini ko’rsatadi

Soddalashtirilgan HTML dokumenti:

Namuna:

<!DOCTYPE html>
<html>
<title>Sahifa titli</title>
<body>
Sahifa kontenti....
</body>
</html>

HTML <style> Elementi

<style> elementi HTML dokument stili(uslubi) haqida ma’lumotni belgilash uchun ishlatiladi.

<style> elementi ichida, brauzerda HTML elementlar qanday aks etishini ko’rsatiladi:

Namuna:

<style>
body {background-color:yellow;}
p {color:blue;}
</style>

HTML <link> Elementi

<link>elementi sahifa va tashqi manba bilan aloqani ta’minlaydi.

<link> elementi ko’p hollarda stil jadvallarini(css) bog’lashda ishlatiladi:

<link rel="stylesheet" href="mystyle.css">

Html <meta> Elementi

<meta> elementi sahifa tavsifi, kalit so’zlar, muallif va boshqa metadata ma’lumotlarini belgilash uchun ishlatiladi.

Metadata brauzerlarda(qanday qilib sahifa kontentini aks ettirish), qidiruv tizimlarida(kalit so’zlar) va boshqa veb hizmatlarda ishlatiladi.

Qidiruv tizimi uchun kalit so’zlarni belgilash:

<meta name="kalit sozlar" content="HTML, CSS, XML, XHTML, JavaScript">

Veb sahifa uchun izoh joylashtirish:

<meta name="tavsif" content="Bepul HTML va CSS onlayn qo’llanmalari.">>

Ishlatiladigan belgilar mazmuni(unicode) belgilash:

<meta charset="UTF-8">

Sahifa muallifini ko’rsatish:

<meta name="muallif" content="Kontent haqida">

Dokumentni har 30 sekundda yangilab turish:

<meta http-equiv="refresh" content="30">

<meta> teglar namunasi:

Namuna:

<meta name="tavsif" content="Bepul onlayn o’quv qo’llanma">
<meta name="kalit so’zlar" content="HTML,CSS,XML,JavaScript">
<meta name="maullif" content="Kontent haqida">
<meta charset="UTF-8">

HTML <script> Elementi

<script> elementi klient-tomon JavaScriplarini belgilash uchun ishlatiladi.

Quyidagi skript id="demo" HTML elementiga "Salom JavaScript!" deb yozadi.

Namuna:

<script>
function myFunction {
document.getElementById("demo").innerHTML = "Salom JavaScript!";
}
</script>

HTML <base> Elementi

<base> elementi veb sahifadagi asosiy URL va unga bog’langan asosiy URL adresslarini belgilaydi.

Namuna:

<base href="http://www.inlab.uz/images/" target="_blank">

HTML Head Elementlari

Teg Izohi
<head> Dokument haqida ma’lumotni belgilaydi
<title> Dokumentning sarlavhasini belgilaydi
<base> sahifaning defolt manzili yoki sahifadagi barcha hovolalarning defolt manzilini belgilaydi
<link> sahifa(HTML dokument) va tashqi manba bilan aloqani ta’minlaydi
<meta> HTML dokument haqida ma’lumot beradi
<script> klient-tomon skriptini belgilaydi
<style> HTML dokument stili haqida ma’lumot beradi

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017