Sarlavhalar HTML dokumentlarining muhim qismi hisoblanadi.
Sarlavhalar <h1> dan <h6> gacha teglar bilan ba'yon qilinadi
<h1> eng muhim, <h6> unchalik muhim bo'lmagan sarlavhalarni ba'yon qilish uchun ishlatiladi
<h1>Bu birinchi sarlavha.</h1>
<h2>Bu ikkinchi sarlavha.</h2>
<h3>Bu uchinchi sarlavha.</h3>
Eslatma:Brauzerlar avtomatik ravishda har bir sarlavhadan oldin va keyin bo'sh joy qoldiradi.
HTML sarlavhalarini faqat sarlavhalar uchun ishlating. Matnni kattaroq yoki yirikroq qilish uchun ulardan foydalanmang.
Qidiruv tizimlari sarlavhalarni veb sahifaning strukturasi va kontentini indekslash uchun ishlatadi.
Foydalanuvchilar sizning sahifalaringizni sarlavhalar orqali tez ko'rib chiqishadi. Sarlavhalarni dokument strukturasini ko'rsatish uchun ishlatish juda muhim.
h1 asosiy sarlavha bo'lishi kerak, uning ketidan h2 dagi sarlavhalar keladi, ularning ketidan h3 dagi sarlavhalar va hokazo.
<hr> tegi HTML sahifada gorizontal chiziq yasaydi
hr elementi kontentni qismlarga ajratish uchun ishlatilishi mumkin.
<p>Bu birinchi paragaraf.</p>
<hr>
<p>Bu ikkinchi paragraf.</p>
<hr>
<p>Bu uchinchi paragraf.</p>
<head> elementining HTML sarlavhalariga aloqasi yo'q
<head> elementi o'z ichida "meta data" ni saqlaydi. Meta data ekraga chiqarilmaydi
<head> elementi <html> va <body> teglari orasiga qoyiladi:
<html>
<head>
<title>Mening birinchi HTML faylim</title>
<meta charset="UTF-8">
</head>
<body>
...
...
...
</body>
<title> elementi meta data hisoblanadi. U HTML dokumentning title ni ba'yon qiladi
Title dokumentning ichida ekranga chiqmaydi, lekin brauzerning tab ida chiqarilishi mumkin.
HTML stillari haqidagi sahifamizda meta elementlar haqida ko'proq narsalarni bilib olasiz.
<style> elementi ichki CSS stil sahifalarini ba'yon qilish uchun ishlatiladi.
<link> elementi tashqi CSS stil sahifalarini ba'yon qilish uchun ishlatiladi.
Juda chiroyli veb sahifani ko'rib o'zingizga "buni qanday qilishkan ekan ?" degan savolni berganmisiz ?
Buni bilish uchun veb sahifada sichqonchaning o'ng tugmasini bosing va "View page source"(Chrome) yoki "View Source"(IE) ni tanlang. Boshqa brauzerlarda ham shunga o'xshash . Veb sahifaning HTML kodi yangi oynada ochiladi.
inLab.uz teg ta'vsiflari va ularning attributlari haqida qo'shimcha ma'lumot beradi.
HTML teglari va ularning attributlari haqida keyingi sahifalarimizda ko'proq bilib olasiz.
Teg | Tavsifi |
---|---|
<html> | HTML dokumentni tasvirlaydi |
<body> | Dokumentning asosiy qismini tasvirlaydi |
<head> | Dokumentning bosh elementini tasvirlaydi |
<h1> dan <h6> gacha | HTML sarlavhalarini tasvirlaydi |
<hr> | Gorizontal chiziq chizadi |