HTML Ifreymlar

HTML Ifreymlar


Ifreym(Iframe), veb sahifa ichida veb sahifa aks ettrish uchun foydalaniladi.


Ifreym sintaksisi

Ifreym yaratish sintaksisi quyidagicha:

<iframe src="URL"></iframe>

src atributi iframe sahifaning URL(veb-manzili)ni bildiradi.


Ifreym O’lchamlarini Sozlash

Ifreym o’lchamlarini belgilash uchun height(balandlik) va width(kenglik) atributlaridan foydalaning

Atribut qiymatlari defolt holatda piksellarda o’lchanadi, lekin foizlarda ham ko’rsatish mumkin.

Namuna:

<iframe src="demo_iframe.htm" width="200" height="200"></iframe>

Ifreym – Chegarani Olib Tashlash

Defolt holatda iframe atrofi qora rangli chegara bilan o’ralgan bo’ladi.

Chegarani olib tashlash uchun, style atributini qo’shing va CSS border(chegara) xususiyatidan foydalaning.

Namuna:

<iframe src="demo_iframe.htm" style="border:none"></iframe>

CSS yordamida iframe chegarasi o’lchami, stili va rangini ham o’zgartirish mumkin:

Namuna:

<iframe src="demo_iframe.htm" style="border:5px dotted red"></iframe>

iframe Orqali Boshqa Linkga O’tish

Ifreymdan boshqa sahifaga o’tish uchun ham foydalanish mumkin.

O’tish atributi ifreymning attributiga tegishli bo’lishi kerak:

Namuna:

<iframe src="demo_iframe.htm" name="iframe_a"></iframe>
<p><a href="http://www.w3schools.com" target="iframe_a">W3Schools.com</a></p>

HTML iframe Tegi

Teg Tavsif
<iframe> Ichki freymni belgilaydi

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017