HTML JavaScript

HTML JavaScript


JavaScript HTML sahifalarini yanada dinamik va interaktiv qiladi.


HTML <script> tegi

<script> tegi, JavaScriptdagi kabi client-tomon skriptini aniqlash uchun ishlatiladi.

<script> elementi script iboralarini ham o’z ichiga oladi yoki src attributi orqali tashqi skriptga yo’l ko’rsatadi.

JavaScript asosan tasvir(rasm) bilan malipulyatsiya, form tasdiqlash va veb kontentni dinamik o’zgartirish uchun ishlatiladi.

Quyidagi skript id="demo" HTML elementiga "Salom JavaScript!" deb yozadi.

Namuna:

<script>
document.getElementById("demo").innerHTML = "Salom JavaScript!";
</script>

HTML <noscript> tegi

<noscript> tegi yuzer(foydalanuvchi) brauzerida skriptlar o’chirib qoyilgan yoki klient tomon skripti mavjud bo’lmagan holatlarda, alternativ yo’l sifatida ishlatiladi.

<noscript> elementi, HTML sahifaning <body> elementi ichida topish mumking bo’lgan barcha elementlarni o’z ichiga olishi mumkin.

<noscript> elementi ichidagi kontent faqat yuzer brauzerida skript qo’llanilmaydigan yoki ular o’chirib qo’yilgan holatlardagina veb sahifada aks ettiriladi:

Namuna:

<script>
document.getElementById("demo").innerHTML = "Salom JavaScript!";
</script>

<noscript>Kechirasiz, sizning brauzeringiz JavaScript ni qo’llab quvvatlamaydi!</noscript>

Quyidagilar JavaScript yordamida nimalar qilish mumkinligi ko’rsatilgan:

JavaScript HTML kontentini o’zgartirishi mumkin:

document.getElementById("demo").innerHTML = "Hello JavaScript!";

JavaScript HTML stillarini o’zgartirishi mumkin:

document.getElementById("demo").style.fontSize = "25px";

JavaScript HTML atributlarini o’zgartirishi mumkin:

document.getElementById("image").src = "picture.gif";

HTML Script teglari

Teg Tavsif
<script> Klient-tomon skriptini bildiradi
<noscript> Klient-tomon skriptlari qo’llanmaydigan holatlarda alternativ kontentdan foydalaniladigan skript tegi.

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017