HTML Paragraflari

HTML Paragraflari

HTML dokumentlar paragraflarga bo'linadi.

HTML Paragraflar.

elementi paragrafni ba'yon qiladi.

Namuna:

Bu birinchi paragraf.

Bu ikkinchi paragraf.

...   Brauzerlar avtomatik ravishda paragrafdan oldin va keyin bo'sh qator qoldiradi

HTML ekran

Brauzer HTML kodni ekranga qanday chiqarishini oldindan bila olmaysiz.

Katta yoki kichik va o'lchami o'zgartirilgan oynalar har natijalarni ekranga chiqarishi mumkin.

HTML kodga qo'shimcha bo'sh joylar va qatorlar qo'shish orqali ekranga chiquvchi natijani o'zgartira olmaysiz

Sahifa ekranga chiqarilayotganda brauzer otriqcha bo'sh joylar va qatorlarni olib tashlaydi.

Bo'sh joy va qatorlar qancha bo'lishidan qatiy nazar ular bitta bo'sh joy deb hisoblanadi.

Namuna:

Ushbu pragraf
ko'plab qatorlarni
va bo'sh joylarni
o'z ichiga oladi.
Lekin brauzer ularni
hisobga olmaydi.

Ushbu pragraf ko'plab qatorlarni va bo'sh joylarni o'z ichiga oladi. Lekin brauzer ularni hisobga olmaydi.

Yakun tegni esdan chiqarmang

Brauzerlarning katta qismi yakun tegni ishdan chiqarsangiz ham HTML ekranga to'g'ri chiqaradi.

Namuna:

Bu birinchi paragraf

Bu ikkinchi paragraf

Yuqoridagi misol deyarli barcha brauzerlarda ishlaydi, lekin bunga ishonib qolmang.

Yakun tegni esdan chiqarish kutilmagan natija va xatolarga olib kelishi mumkin.

...   HTML ning XHTML kabi versiyalari yakun tegni qoldirib ketishga ruxsat bermaydi.

Yangi qatorga o'tish.

elementi qator tugaganini bildiradi.

yangi paragraf boshlamasdan yangi qatorga o'tish imkonini beradi.

Namuna:

Bu
qatorlarga
bo'lingan
paragraf

elementi bo'sh HTML elementi hisoblanadi. U faqat bosh tegdan iborat.

She'rlar muammosi

Namuna:

Quyidagi she'r ekranga bitta qatorda chiqariladi.:

Quyosh chiqdi olamga ,

Yugurib bordim xolamga,

Xola, xola kulcha ber,

Xolam dedi o'tin ter.

elementi

elementi oldindan formatlangan tekstni bayon qiladi.

elementi ichidagi matn o'lchami belgilanga shriftda (odatda Courier) va bo'sh joylar va qatorlarni saqlagan holda ekranga chiqadi.

Namuna:

Quyosh chiqdi olamga ,

Yugurib bordim xolamga,

Xola, xola kulcha ber,

Xolam dedi o'tin ter.

HTML Teg Tavsifi

HTML elementlari va ularning attributlari haqida qo'shimcha ma'lumot

Teg Tavsifi

Paragrafni bayon qiladi.

Qator tugaganligini bildiradi.

Oldindan formatlangan matnni ba'yon qiladi.

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!

Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017