HTML URL Kodlash

HTML URL Kodlash


HTML URL(Uniform Resource Locators)

URL bu veb manzil:

URL so’zlardan(keepgoing.uz) yoki Internet Protocol (IP) adresdan(192.68.20.50) dan tashkil topgan bo’lishi mumkin.

Ko’pinchilik biror bir vebsaytga kirish uchun sahifa nomini yozishadi, chunki so’zlarni yodlab olish osonroq.


URL - Uniform Resource Locator

Veb brauzerlar URL orqali veb serverlardan sahifalarga murojaat qiladi.

HTML sahifadagi linkni bosilganda, <a> tegi ko’rsatilgan adressni internedan ko’rsatadi.

URL internetdagi dokumentni(yoki boshqa ma’lumotni) manzillashtirish uchun ishlatiladi.

http://www.w3schools.com/html/default.asp ga o’xshash ved adreslar quyidagi sintaksis qoidalarga rioya qiladi:

Namuna:

scheme://prefix.domain:port/yo’l/fayl_nomi

Izoh:

  • sxema - qanday Internet Servisdan foydalanilayotganini belgilaydi(odatda http)
  • prefiks - domen prefiksini belgilaydi(http uchun www)
  • domen - Internet domen nomini belgilaydi(w3schools.com).
  • port - hostning port raqamini bildiradi(http uchun defolt 80)
  • yo'l - serverga yo’l ko’rsatishni bildiradi(agar ko’rsatilmasa: saytning root katalogini ko’rsatadi)
  • fayl_nomi - dokument yoki resurs nomini bildiradi

...   Parol bilan himoyalangan websaytlar https va/yoki foydalanuvchi nomi va parolni ishlatishi mumkin:
https://username:password@www.keepgoing.uz/html_tutorial/a_html_intro.php


Keng tarqalgan URL Sxemalari

Quyidagi jadvalda ayrim keng tarqalgan sxemalar tasvirlangan:

Sxema To’liq Nomi Ishlatilishi
http HyperText Transfer Protocol Odatdagi veb sahifalar. Shifrlanmagan
https Secure HyperText Transfer Protocol Xavfsiz veb sahifalar. Shifrlangan
ftp File Transfer Protocol Fayllarni yuklash yoki jo'natish
file   Kompyuterdagi fayl

URL Kodlash

Internet bo’ylab URLni faqat ASCII belgilar to’plami orqali jo’natish mumkin. Agar URLda ASCII to’plamida mavjud bo’lmagan belgilar bo’lsa, URLni o’zgartirish kerak bo’ladi.

URL Kodlash - ASCII simvoli bo’lmagan belgilarni Internet orqali uzatsa bo’ladigan shaklga o’tkazib beradi.

URL Kodlash - ASCII simvoli bo’lmagan belgilarni, quyidagi belgidan "%" boshlangan 16lik raqam bilan almashtiradi

URLda belgilar orasida bo’shliq(probel) bo’lishi mumkin emas. URL Kodlash odatda bunday bo’shliqlarni plus(+) belgisi yoki %20 bilan to’ldiradi.


ASCII Kodlashga Misollar

Brauzer sahifangiz qanday simvollar to’plamini ishlatishiga qarab, kiritilgan ma’lumotni kodlaydi.

HTML5da standart(default) bo’yicha UTF-8 simvollar to’plami ishlatiladi.

Belgi Windows-1252 dan UTF-8 dan
%80 %E2%82%AC
£ %A3 %C2%A3
© %A9 %C2%A9
® %AE %C2%AE
À %C0 %C3%80
Á %C1 %C3%81
%C2 %C3%82
à %C3 %C3%83
Ä %C4 %C3%84
Å %C5 %C3%85

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017