HTML va XHTML

HTML va XHTML


XHTML bu XML sifatida yozilgan HTML dir.


XHTML nima?

  • XHTML - EXtensible HyperText Markup Language
  • XHTML deyarli HTML bilan bir xil
  • XHTML HTMLga qaraganda talabchan
  • XHTML bu XML dastur sifatida belgilangan HTML dir
  • XHTML barcha asosiy brauzerlarda qo’llansa bo’ladi

Nima uchun XHTML?

Internetdagi ko’p veb sahifalar yomon HTML lardan tashkil topgan.

Bu HTML kodi ko’p brauzerlarda yaxshi aks etadi(hattoki u HTML qoidalariga amal qilinmagan bo’lsa ham):

<html>
<head>
<title>Bu yomon HTML</title>

<body>
<h1>Yomon HTML
<p>Bu birinchi paragraf
</body>

Hozirgi kunda dunyoda turli brauzerlar mavjud. Ba’zi brauzerlar kompyuterlarda, ba’zilari esa mobil telefonlarda yoki kichik qurilmalarda ishlaydi. Ko’p hollarda kichik qurilmalarda "yetarlicha mukkammal bo’llmagan" HTMLlarni qayta ishlash uchun resurs yetishmay qoladi.

XML bu dokumentlar to’gri yozilgan("yaxshi formatda") bo’lishi shart bo’lgan til hisoblanadi.

HTML va XML kuchli tomonlari birlashtirilib, XHTML tili ishlab chiqilgan.

XHTML, XML sifatida qaytadan qurilgan HTML hisoblanadi.


XMLning HTMLdan asosiy farqlari:

Dokument Strukturasi

  • XHTML DOCTYPE majburiy
  • <html>dagi xmlns atributi majburiy
  • <html>, <head>, <title>, and <body> majburiy

XHTML Elementlari

  • XHTML elementlari to’g’ri joylashtirilgan bo’lishi kerak
  • XHTML elementlari doim yopilgan bo’lishi kerak
  • XHTML elementlari kichkina harf bilan yozilishi kerak
  • XHTML dokumentlarida bir root (ildiz) element bo’lishi kerak

XHTML Atributlari

  • Atribut nomlari kichkina harfda bo’lishi kerak
  • Atribut qiymatlari qo’shtirnoq ichida bo’lishi kerak
  • Atributlarni qisqartirish taqiqlanadi

<!DOCTYPE ...> majburiy

XHTML dokumentda XHTML DOCTYPE e’lon qilingan bo’lishi kerak.

<html>, <head>, <title> va <body> elementlari ham bo’lishi kerak, va <html> elementidagi xmlns atributi xml nomlarga dokumentni ko’rsatishi kerak.

Quyidagi namunada XHTML dokument uchun kerak bo’lgan minimum teglar ko’rsatilgan:

<!DOCTYPE html PUBLIC "-//W3C//DTD XHTML 1.0 Transitional//EN"
"http://www.w3.org/TR/xhtml1/DTD/xhtml1-transitional.dtd">

<html xmlns="http://www.w3.org/1999/xhtml">

<head>
  <title>Sahifa titl nomi </title>
</head>

<body>
  sahifa kontenti
</body>

</html>

XHTML elementlari to’g’ri joylashtirilgan bo’lishi kerak

HTMLda ba’zi elementlarni noto’g’ri joylashtirsa ham bo’ladi, quyidagi misolda buni ko’rishingiz mumkin:

<b><i>Ushbu tekst qalin va italik holda yozilgan </b></i>

XHTMLda bo’lsa barcha elementlar quyidagi namuna singari to’g’ri joylashtirilishi kerak:

<b><i>Ushbu tekst qalin va italik holda yozilgan </i></b>

XHTML elementlari doimo yopilgan bo’lishi kerak

Bu noto’g’ri:

<p>Bu birinchi paragraf
<p>Bu ikkinchi paragraf

Bu to’g’ri:

<p>Bu birinchi paragraf</p>
<p>Bu ikkinchi paragraf</p>

Bo’sh elementlar ham yopilgan bo’lishi kerak

Bu noto’g’ri:

Bo’sh qator: <br>
Gorizontal chiziq chizish: <hr>
Rasm: <img src="../assets/img.png" alt="Smaylik">

Bu to’g’ri:

Bo’sh qator: <br />
Gorizontal chiziq chizish: <hr />
Rasm: <img src="./assets/img.png; alt="Smaylik" />

XHTML elementlari kichkina harfda bo’lishi kerak

Bu noto’g’ri:

<BODY>
<P>Bu birinchi paragraf</P>
</BODY>

Bu to’g’ri:

<body>
<p>Bu birinchi paragraf</p>
</body>

Atribut qiymatlari qo’shtirnoq ichida bo’lishi kerak

Bu noto’g’ri:

<table width=100%>

Bu to’g’ri:

<table width="100%">

Atribut qisqartirish taqiqlanadi

Xato:

<input type="checkbox" name="vehicle" value="car" checked />

To’g’ri:

<input type="checkbox" name="vehicle" value="car" checked="checked" />

Xato:

<input type="text" name="lastname" disabled />

To’g’ri:

<input type="text" name="lastname" disabled="disabled" />

HTMLni qanday qilib XHTMLga o’tkazish

  1. Har bir sahifa boshiga XHTML <!DOCTYPE> qo’shing
  2. Har bir sahifaga xmlns atributini qo’shing
  3. Barcha element nomlarini kichik harfga o’zgartirish
  4. Barcha bo’sh elementlarni yoping
  5. Barcha atribut nomlarini kichkina harfga almashtiring
  6. Barcha qiymatlarni qo’shtirnoq ichiga oling

"W3 Validator"da XHTMLni To’g’riligini Tekshiring

Veb sahifa manzilini quyidagi maydonga yozing:


Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017