HTML Input Elementi Turlari

HTML Input Elementi Turlari

Bu bob  elementining kiritish turlarini ko’rsatadi.

Input Elementi Turi: text(matn)

bir qatorli matn kiritishni bildiradi

Namuna:

Ismingiz:

Familiyangiz:

Brauzerdagi natija:

Ismingiz:

Familiyangiz:

Input Elementi Turi: password(parol)

parol sohasini bildiradi:

Namuna:

Ismingiz:

Parolingiz:

Brauzerdagi natija:

Login:

Parol:

...   Parol maydonidagi belgilar yashiringan (yulduzchalar yoki aylanalar sifatida ko'rsatilgan).

Input Elementi Turi: submit

form-handlerga kiritish uchun tugmani belgilaydi.

Form-handler ma'lumotlarni qayta ishlash uchun skritli o'ziga hos server sahifasi.

Form-handler formaning harakat atributida belgilangan:

Namuna:

Ismingiz:

< input type="text" name="firstname" value="Hoshimjon">

Familiyangiz:

Brauzerdagi natija:

Ismingiz:

Familiyangiz:

Agar tasdiqlash tugmasining value atributi tushirib qoldirilsa, tugma standart(default) bo’yicha nomlanadi:

Namuna:

Ismingiz:

< input type="text" name="firstname" value="Hoshimjon">

Familiyangiz:

Input Elementi Turi: radio

radio tugmasini bildiradi.

Radio tugmalari foydalanuvchiga ko’p sonli cheklangan tanlovlardan faqat bittasini tanlash imkoniyatini beradi:

Namuna:

Erkak

Ayol

Brauzerdagi natija:

Erkak
Ayol

Input Elementi Turi: checkbox

belgilash katagini ifodalaydi.

Belgilash katakchalari foydalanuvchiga ko’p sonli cheklangan imkoniyatlardan nol yoki bir necha variantlarni tanlash imkoniyatini beradi.

Namuna:

Meni velosipedim bor

Meni mashinam bor

Brauzerdagi natija:

Meni velosipedim bor
Meni mashinam bor

Input Elementi Turi: button(tugma)

tugmani belgilaydi:

Namuna:

Brauzerdagi natija:

HTML5 Input Elementi Turlari

HTML5 bir necha yangi Input elementi turlarini qo’shimcha qildi:

• color(=rang)
• date(=sana)
• datetime(=vaqt)
• datetime-local(=mahalliy-vaqt)
• email(=elektron pochta)
• month(=oy)
• number(=raqam)
• range(=qiymat)
• search(=qidirish)
• tel
• time(=vaqt)
• url
• week(=hafta)

...   Input (kiritish) turlari, eski veb-brauzerlar tomonidan taminlanmagan, kiritish matn turi sifatida muomala qiladi.

Input Elementi Turi: number

<input type="number" son qiymatini o’z ichiga oladigan kiritish maydonlari uchun ishlatiladi.

Siz raqamlarga cheklashlar o’rnatishingiz mumkin.

Brauzer qo’llab-quvvatlashiga qarab, cheklovlarni kiritish sohasiga kiritishingiz mumkin.

Namuna:

Miqdor (1 dan 5 gacha):

Input Elementi Cheklovlari

Bu yerda ba'zi umumiy kiritish cheklovlarining ro'yhati bor(ba'zilari HTML5 da yangi)

Atribut Tavsif
disabled Kiritish sohasini ishlamaydigan bo'lishi kerakligini ifodalaydi
max Kiritish sohasi uchun maksimum qiymatni ifodalaydi
maxlength Kiritish maydoni uchun belgilarni maksimum sonini ifodalaydi
min Kiritish sohasi uchun eng kichkina qiymatni ifodalaydi
pattern Kiritish qiymatiga qarshi tekshirish uchun oddiy bir ifodani belgilaydi
readonly Kiritish maydoni faqat o'qish uchunligini ifodalaydi(o'zgartirib bo'lmaydi)
required Kiritish maydonini talab qilinganligini ifodalaydi(to'ldirilishi shart)
size Kiritish maydonini kengligini(belgilarda) ifodalaydi
step Kiritish maydoni uchun haqqoniy son intervallarini ifodalaydi
value Kiritish maydoni uchun standart qiymatni(avtomatik ravishda) ifodalaydi

Keyingi bobda Input elementi cheklovlari haqida ko’proq bilib olasiz.

Namuna:

Miqdor:

Input Elementi Turi: date

sanani o'z ichiga olishi kerak bo'lgan kiritish sohalari uchun ishlatiladi.

Brauzer qo’llab quvvatlashiga qarab, vaqt tanlash kiritish sohasida namoyon bo’ladi.

Namuna:

Tugilgan Kun:

Input elementiga cheklovlar(chegara) qo’shishingiz mumkin:

Namuna:

1980-01-01dan oldingi vaqtni kiriting:

2000-01-01dan keyingi vaqtni kiriting:

Input Elementi Turi: color

rangi o’z ichiga olishi kerak bo’lgan kiritish sohalarida ishlatiladi.

Brauzer qo’llab quvvatlashiga qarab, rang tanlash kiritish sohasida namoyon bo'ladi.

Namuna:

Sevimli rangingizni tanlang:

Input Elementi Turi: range

soha ichida bir qiymatni o’z ichiga olishi kerak bo’lgan kiritish sohalarida ishlatiladi.

Brauzer qo’llab quvvatlashiga qarab, slayder nazorat kabi kiritish sohasida namoyon bo’ladi.

Namuna:

Input Elementi Turi: month

foydalanuvchiga oy va yilni tanlash uchun imkon beradi.
Brauzer qo’llab quvvatlashiga qarab, vaqt tanlash kiritish sohasida namoyon bo’ladi.

Namuna:

Tug'ilgan kun(oy va yil):

Input Elementi Turi: week

foydalanuvchiga hafta va yilni tanlash imkonini beradi.
Brauzer qo’llab quvvatlashiga qarab, vaqt tanlash kiritish sohasida namoyon bo’ladi.

Namuna:

lt;form>
Haftani tanlang:

Input Elementi Turi: time

foydalnuvchiga vaqtni tanlash imkonini beradi.(vaqt zonasisiz)

Brauzer qo’llab quvvatlashiga qarab, vaqt tanlash kiritish sohasida namoyon bo’ladi.

Namuna:

<form">
Vaqtni tanlang:

Input Elementi Turi: datetime

foydalanuvchiga kun va vaqtni tanlash imkonini beradi(vaqt zonasi bilan).

Namuna:

Birthday (kun va vaqt):

...   Kiritish turi datetime HTML standartidan chiqarilgan. O'rniga datetime-local dan foydalaning.

Input Elementi Turi: datetime-local

foydalanuvchiga kun va vaqtni tanlash imkonini beradi(vaqt zonasisiz).
Brauzer qo’llab quvvatlashiga qarab, vaqt tanlash kiritish sohasida namoyon bo&rssquo;ladi.

Namuna:

Birthday(kun va vaqt):

Input Elementi Turi: email

e-mail(pochta) mazilini o’z ichiga olinsh kerak bo’lgan kiritish sohalarida ishlatiladi.

Brauzer qo’llab quvvatlashiga qarab, e-mail manzili kirtilganda avtomatik tarzda aniqlanadi.

Ba’zi smartfonlar email turini aniqlaydi va email kiritishiga moslab klaviaturaga ".com" qo’shadi.

Namuna:

E-mail:

Input Elementi Turi: search

qidirish sohalarda ishlatiladi (qidirish sohasi muntazan matn sohasi kabi muomala qiladi).

Namuna:

Googledan izlang:

Input Elementi Turi: tel

telefon raqami kerak bo’lgan kiritish sohalarida ishlatiladi.
Tel turi hozircha faqat Safari 8 da qo'llab quvvatlanadi.

Namuna:

Telephone:

Kiritish turi: url

URL manzilini o’z ichiga olishi kerak bo’lgan kiritish sohalarida ishlatiladi.
Brauzer qo’llab quvvatlashiga qarab, url sohasi kiritilganda avtomatik ravishda tasdiqlanadi.
Ba’zi smartfonlar url turini biladi va url maydoniga moslab klaviaturaga ".com" qo’shadi.

Namuna:

O'z sahifangizni qo'shing:

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!

Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017