HTML5 Kirish

HTML5 Kirish


HTML5 O’zi Nima?

HTML5 ni oddiygina DOCTYPE so’zini kiritish orqali hosil qilinadi.

<!DOCTYPE html>

Harflarni kodirovka qilish (belgilar to’plami - charset) ham juda oson tarzda amalga oshiriladi:

<meta charset="UTF-8">

HTML5 Namuna:

<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
<title>Veb sahifa title nomi</title>
</head>

<body>
Veb sahifa kontenti.......
</body>
</html>

...   Harflarning odatdagi kodirovkasi sifatida HTML5 uchun UTF-8 tanlab olingan


HTML5 ning Yangi Elementlari

Eng muhim yangi elementlar:

Yangi semantik elementlar: <header>, <footer>, <article> va <section>

Yangi boshqaruv atributlari: raqamlar, sana, soat va kalendar.

Yangi grafik elementlar: <svg> va <canvas>

Yangi multimedia elementlari: <audio> va <video>

...   Ushbu bo’limda HTML5 Qo’llanishi eski brauzerlar uchun ham ushbu HTML5 sematiklarni qanday ishlatishni o’rganib olasiz.


HTML5 Yangi API(Application Programming Interfaces - Dasturiy Interfeyslari)

Eng ko’p uchraydigan API turlari:

  • HTML Geolakatsiya
  • HTML Drag and Drop
  • HTML Lokal Hotira
  • HTML Dastur Keshlari
  • HTML Web Workers
  • HTML SSE

...   cookie fayllar uchun Lokal hotira bilan ishlashni qo’llash HTML5 ning eng afzal yangiliklaridan biridir


HTML5 dan Olib Tashlangan Elementlar

Quyidagi HTML4 da mavjud elementlar HTML5 dan olib tashlangan:

HTML4 HTML5
<applet> <object>
<acronym> <abbr>
<basefont> CSS
<big> CSS
<center> CSS
<dir> <ul>
<font> CSS
<frame>
<frameset>
<noframes>
<strike> CSS
<tt> CSS

...   Ushbu bo’limda HTML5 Migration, HTML4 dan HTML5ga oson o’tkazishni o’rganasiz


HTML Tarixi

Ilk kunlardan boshlab hozirgacha HTML ning ko’plab turlari ishlab chiqilgan:

Versiyalari Yillari
Tim Berners- Lee www ni ixtiro qildi 1989
Tim Berners-Lee HTML ni kashf qildi 1991
Dave Ragget HTML+ ni loyihalashtirdi 1993
HTML Working Group HTML 2.0 ommaga taqdim qildi 1995
W3C HTMl 3.2 ni tavsiya qildi 1997
W3C HTML 4.01ni ommaga tavsiya qildi 1999
W3C XHTML 1.0 ni ommaga tavsiya qildi 2000
HTML5ni WHATWG tomonidan ilk loyihasi ommaga namoyish etildi 2008
HTML5 WHATWG tomonidan standartlari namoyish etildi 2012
HTML5 ning yakuniy versiyasi W3C tomonidan yaratildi 2014

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017