HTML5 Audio

HTML5 Audio


HTML5 da audio fayllarni ijro etish standarti mavjud


Vebda Audio Qo’llanilishi

HTML5dan oldin, veb sahifasida audio fayllarni ijro etish uchun hech qanday standart yo’q edi.

HTML5dan oldin, audio fayllar faqat (Flash kabi) plagin bilan ijro etilishi mumkin.

HTML5 <audio> elementi veb sahifada audio joylash uchun standart yo’lini belgilaydi.


Brauzerlarning Qo’llab-quvvatlashi

Jadvaldagi quyidagi brauzerlar <audio> elementlarini to’la qo’llab quvvatlaydi.

Element
<audio> 4.0 9.0 3.5 4.0 10.5


HTML <audio> Elementi

HTML audio faylini ijro etish uchun, <audio> elementidan foydalaning:

Namuna:

<audio controls>
  <source src="horse.ogg" type="audio/ogg">
  <source src="horse.mp3" type="audio/mpeg">
Sizning brauzeringiz audio elementini qo'llab-quvvatlamaydi.
</audio>

HTML Audio - Bu qanday ishlaydi?

controls atributi audioga ijro etish, to’xtatish va ovoz hajmi kabi nazorat qiluvchi funksiyalarni qo’shadi.

<audio> va </audio> teglari orasidagi matn faqatgina <audio> elementini qo’llab-quvvatlamaydigan brauzerlarda namoyon bo’ladi.

Bir necha <source> elementi turli xil audio fayllariga bo’g’lanishi mumkin. Brauzer birinchi tanigan formatidan foydalanadi.


HTML Audio - Brauzer Qo’llab-quvvatlashi

Ayni paytda <audio> elementi uchun 3 ta qo’llab-quvvatlanuvchi audio formatlari bor: MP3, Wav va Ogg:

Brauzer MP3 Wav Ogg
Internet Explorer HA YO’Q YO’Q
Chrome HA HA HA
Firefox HA HA HA
Safari HA HA YO’Q
Opera HA HA HA

HTML Audio - Media Turlari

Fayl Formati Media Turlari
MP3 audio/mpeg
Ogg audio/ogg
Wav audio/wav

HTML Audio - Usullari, Xususiyatlari va Voqealar

HTML5 <audio> elementi uchun DOM usullari, xususiyatlari va hodisalarni belgilaydi.

Bu sizga vaqtini va ovozning hajmini belgilash, shuningdek, yuklash va videoni pauza qilish imkonini beradi.

Shuningdek DOM, audio holatini ya’ni ijro etilayogani yoki pauza qilinganini xabar qila oladi.


HTML5 Audio Teglari

Teg Tavsif
<audio> ovoz kontentini belgilaydi
<source> <video> va <audio> kabi media elementlari uchun bir necha media resurslarini belgilaydi

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017