HTML Plaginlar

HTML Plaginlar


Plaginning maqsadi, HTML-brauzer funksiyalarini kengaytirishdan iborat.


HTML Yordamchilari (Plaginlari)

Yordamchi dasturlar bu kompyuter dasturlari bo’lib veb brauzerlaning standard funksionalligini oshiradi.

Yordamchi dasturlar (ilovalar) shuningdek Plaginlar deb ataladi.

Taniqli plaginlarga misollar - bu Java appletlari (kichik dasturlari) bo’ladi.

Plaginlar <object> tegi yoki <embed> tegi bilan veb-sahifalarga qo’shilishi mumkin.

Plaginlar ko’p maqsadlarda ishlatilishi mumkin: xaritalarni (kartalarni) ko’rish, viruslarni qidirish, sizning bank identifikatsiya kartangizni tekshirish va hokazo.

...   Video va audioni ko’rsatish uchun: <video> va <audio> teglaridan foydalaning.


<object> Elementi

<object> elementi barcha brauzerlar tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.

<object> elementi HTML hujjati ichida joylashgan obyektni belgilaydi.

Veb sahifalarda plaginlar (Java appletlari, PDF reader, Flash Player ga o’xshagan) joylashtirishda ishlatiladi.

Namuna:

<object width="400" height="50" data="bookmark.swf"></object>

<object> elementi shuningdek HTMLda HTMLni o’z ichiga olish uchun foydalanish mumkin:

Namuna:

<object width="100%" height="500px" data="snippet.html"></object>

Yoki rasmlarni agar xohlasangiz:

Namuna:

<object data="audi.jpeg"></object>

<embed> Elementi

<embed> elementi barcha asosiy brauzerlarda qo’llab-quvvatlanadi.

<embed> elementi, shuningdek, HTMLda hujjati ichida obyekt belgilaydi.

Veb brauzerlar uzoq vaqt davomida <embed> elementini qo’llab-quvvatlagan. Ammo u HTML5 dan oldin HTML xususiyatlaridan bir qismi emas edi. Element HTML5 sahifasida joriy etilgan, lekin HTML4 sahifasida mavjud bo’lmagan.

Namuna:

<embed width="400" height="50" src="bookmark.swf">

...   Eslatma, <embed> elementining yopilish tegi yo’q. U muqobil matndan tashkil topa olmaydi.


<embed> elementi shuningdek HTMLda HTMLni o’z ichiga olish uchun foydalanish mumkin.

Namuna:

<embed width="100%" height="500px" src="snippet.html">

Yoki, agar xohlasangiz, rasmlarni:

Namuna:

<lembed src="audi.jpeg">

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017