HTML5 Video

HTML5 Video


HTML Video Namuna:


HTML da Video Namoyish Qilish

HTML5 dan oldin, veb sahifada videoni ko’rsatish uchun hech qanday standard bo’lmagan.

HTML5 dan oldin, videolar faqatgina plaginlar ya’ni yordamchi dasturlar bilangina namoyish etilgan (flash ga o’xshash).

The HTML5 <video> elementi veb sahifaga video kiritishni standard yo’lini belgilaydi.


Brauzerlarning qo’llab quvvatlashi

Jadvaldagi quyidagi brauzerlar <video> elementlarini to’la qo’llab quvvatlaydi.

Element
<video> 4.0 9.0 3.5 4.0 10.5


HTML <video> Elementi

HTML da video ko’rsatish uchun <video> elementidan foydalaning:

Namuna:

<video width="320" height="240" controls>
  <source src="movie.mp4" type="video/mp4">
  <source src="movie.ogg" type="video/ogg">
Sizning brauzeringiz video tagini qo’llab quvvatlamaydi.
</video>

U qanday ishlaydi

controls atributi videoga ijro etish(play), to’xtatish(pause) va ovoz hajmi(volume) kabi nazorat qiluvchi funksiyalarni qo’shadi.

Doimo width (eni) va height (bo’yi) attributlarini qo’shish yaxshi fikr.

Agar width va height kabi attributlari o’rnatilmasa, brauzer videoning o’lchamini bilmaydi. Qachonki video yuklanayotganda sahifa o’zgarishi (yoki o’chib-yonishi) kabi ta’sirlari bo’lishi mumkin.

<video> va </video> teglari orasidagi matn faqatgina <video> elementini qo’llab-quvvatlamaydigan brauzerlarda namoyon bo’ladi.

Bir necha <source> elementi turli xil video fayllariga bog’lanishi mumkin. Brauzer birinchi tanigan formatidan foydalanadi.


HTML <video> Avtoplay

Videoni avtomatik boshlash uchun autoplay atributidan foydalaning:

Namuna:

<video width="320" height="240" autoplay>
  <source src="video.mp4" type="video/mp4">
  <source src="video.ogg" type="video/ogg">
Sizning brauzeringiz video tegini qo’llab-quvvatlamaydi.
</video>

...   Autoplay atributi Safari va Opera hamda iPad va iPhone kabi mobil qurilmalarda ishlamaydi.


HTML Video - Brauzer qo’llab-quvvatlashi

Ayni paytda <video> elementi uchun 3 ta qo’llab-quvvatlanuvchi video formatlari bor: MP4, WebM va Ogg:

Brauzer MP4 WebM Ogg
Internet Explorer HA YO’Q YO’Q
Chrome HA HA HA
Firefox HA HA HA
Safari HA YO’Q YO’Q
Opera HA (Opera 25 dan boshlab) HA HA

HTML Video - Media Turlari

Fayl Formati Media Turlari
MP4 video/mp4
WebM video/webm
Ogg video/ogg

HTML Video - Usullari, Xususiyatlari va Voqealar

HTML5 <video> elementi uchun DOM usullari, xususiyatlari va hodisalarni belgilaydi.

Bu sizga vaqtni va ovozning hajmini belgilash, shuningdek, yuklash va videoni to’xtatib qo’yish imkonini beradi.

Shuningdek, DOM audio holatini ya’ni ijro etilayogani yoki pauza qilinganini xabar qila oladi.

Namuna: JavaScript yordamida




HTML5 Video Teglari

Teg Tavsif
<video> video yoki kinoni bildiradi
<source> <video> va <audio> kabi media elementlari uchun bir necha media resurslarini belgilaydi
<track> Media playerlarida matn treklarini belgilaydi

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017