HTML YouTube Video

HTML YouTube Video


HTMLda video namoyish qilishning eng oson yo’li bu YouTubedan foydalanishdir.


Turli Video Formatlar?

Turli brauzerlarning turli versiyalari turli video formatlarini qo’llab-quvvatlaydi.

Avvalroq, bu qo’llanmada, videoni barcha brauzerlarda ijro etish uchun ularni turli video formatlarga o’tkazishiga to’g’ri kelishi mumkinligini ko’rgan edingiz.

Videolarni boshqa formatlarga o’tkazish qiyin va ko’p vaqt talab qiladigan ish.

Eng oson yechim veb sahifangizda YouTubeni video qo’yishiga ijozat berish bo’lishi mumkin.


YouTube Video Id

Siz videoni saqlab qo’yganingizda (yoki ko’rganingizda), YouTube bir id (XGSy3_Czz8k ga o’xshagan) ko’rsatadi.

Siz bu id dan foydalana olasiz va u HTMLdagi sizning videoyingizga bog’lovchi link beradi.


HTMLda YouTube Video namoyish qilish

Veb sahifada videoni ko’rsatish uchun quyidagilarni bajaring:

  • YouTubega video yuklash
  • Videoning id sini yozib oling
  • Veb sahifangizda <iframe> elementini belgilang
  • Video URL siga yonaltirish uchun src atributidan foydalaning
  • Videoplayer hajmini kiritish uchun width va height atributlaridan foydalaning
  • URL ga boshqa har qanday parametrlarni qo’shing

Namuna - iFrame dan foydalanish (tavsiya qilingan usul):

<iframe width="420" height="315"
src="http://www.youtube.com/embed/XGSy3_Czz8k?autoplay=1">
</iframe>

YouTube Parametrlari

autohide (avtoberkitish)

Value 0: Pleyer boshqaruvi har doim ko’rinib turadi.

Value 1: Video qo’yilganda pleyer boshqaruvi avtomatik berkiladi.

Value 2 (defolt): Agar pleyerni 16:9 yoki 4:3 nisbati bo’lsa, 1dagi bilan bir hil, bo’masa 0dagi bilan.

autoplay (avtoijro)

Value 0 (default): Video yuklanayotgan vaqtda avtomatik ravishda to’xtab qoladi.

Value 1: Player yuklanganda video avtomatik holatda qo’yiladi

controls

Value 0: Pleyer boshqaruvi ko’rinmaydi. Video qisqa muddatda yuklab olinadi.

Value 1 (default): Pleyer boshqaruvi ko’rinadi. Video qisqa muddatda yuklab olinadi.

Value 2: Pleyer boshqaruvi ko’rinadi, lekin foydalanuvchi qo’yishidan oldin video boshlanmaydi

loop

Value 0 (default): Video faqat bir marta qo’yiladi.

Value 1: Video qayta-qayta ijro etilaveradi

playlist

Videolarning ro’yxati vergul bilan ajratilib, alohida-alohida qilib qo’yiladi(asl URL adreslari bilan birga).


YouTube <object> qo’yish

YouTube <object> qo’yish 2015 yil yanvardan eskirgan deb e’lon qilingan.

Dasturlaringizga bog’lovchi linklarni <iframe> yordamida veb-sahifaga joylashtirib qo’yishingiz kerak.

Namuna - <object> foydalanish (eskirgan):

<object width="420" height="315"
data="http://www.youtube.com/embed/XGSy3_Czz8k">
</object>

Namuna - <embed> foydalanish (eskirgan):

<embed width="420" height="315"
src="http://www.youtube.com/embed/XGSy3_Czz8k">

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017