Java dasturlash tili

Java dasturlash tili


Java haqida

Java 1995- yilda Sun MicroSystems tomonidan yaratilgan High-level (ushbu tushuncha haqida kengroq tushuncha beramiz) dasturlash tili hisoblanadi

Java dasturlash tilini ham o'zlashtirish nisbatan oson va qulay. Ushbu darslarda biz ko'plab atamalarni ingliz tilidagi izohlari bilan qoldirishga harakat qilamiz zero bu sizga ushbu tilga asoslangan Android uchun application yaratishingizda va boshqa mukammal kurslarni ingizl tilida o'rganishingizda oson boladi deb o'ylaymiz

Ushbu kursda sizga boshlang'ich tushunchalardan boshlab mukammal dasturlash(programming) ko'nikmalari haqida ma'lumot berayapmiz!

Java juda keng miqyosdagi platformalar masalan Windows, MAc OS va UNIX asoslangan ko'plab Operatsion sistemalar uchun moslashgan.


Har bir darsda misollar

O'zingni sinab ko'r yordamida misollarni o'zgartirib ko'rib natijasini ko'rishingiz mumkin.

Namuna:


public class BirinchiJavaDasturim {
 public static void main(String[] args) {
 System. out. println("Hello World" ) ;
    }
}

Biz kursni chap tomondagi menyuda berilgan tartibda o'rganishni tavsiya qilamiz. Chunki har bir dars o'zaro uzviy bog'liqlik hosil qiladi.


Misollar yordamida o'rganing.

Misollar 1000 ta quruq gapdan yaxshiroq. Misollarni tushinish matn o'qishdan onsonroq.

Agar barcha misollarni k'rib chiqsangiz qisqa vaqt ichida Java haqida ko'p narsalarni bilib olasiz. Bunga qo'shimcha qilishimiz mumkinki imkon darajasida ingliz tilidagi sohaga doir so'z boyligingizni oshirib boring. Buning uchun biz darslarda kerakli bo'lishi mumkin bo'lgan terminlarni o'zbek tilida izohi bilan keltirib o'tamiz. Zero bu sizning kelajakdagi Mobil darslarimiz va hayotingiz mobaynida bilim olishingizda qulaylik yaratadi!


Javani o'rganish nima uchun kerak ?

Write once, run anywhere

  • Object-oriented-Java-da, har bir narsa, ob'ektlarga asoslangan. Ushbu obyektlar osonlikcha kengaytirilishi mumkin.
  • Platform Independent - C va C++ kabi boshqa dasturiy tillaridan farqli o'laroq Java yordamida code yozilganda, ayni bir platformaga yozilmaydi, Istalgan platform uchun Java mustaqil bayt kodi ichiga joylashtirilgach, ushbu bayt kodi orqali veb-brauzer va virtual mashinalar (JVM) tomonidan qaysi platformada bo'lishidan qatiiy nazar ishga tushirish mumkin.
  • Simple - Java avval boshidan o'rganish oson bo'lishi uchun yaratilgan. Agar siz asosiy tushunchani tushunsangiz OOP Java-ni qo'llash oson.
  • Secure - Java-ning xavfsiz muhit xususiyati bilan u virussiz, tampersiz sistema yaratish imkonini beradi. Authentication (Autentifikatsiya) qilish metodlari ochiq kalit shifrlashiga asoslangan.
  • Architecture-neutral- Java arxitektura-neytral ob'ektni beradi. Ko'pchilik protsessorlarda ishlaydigan kod ishlab chiqaradigan fayl formati(Java ish vaqti tizimining mavjudligi).
  • Portable Ma'lum bir Platformaga asoslanmaganlik Javani istalgan bir platformaga ko'chirishga imkon beradi ya'ni portable qiladi.
  • Robust Java, xatoli vaziyatlarni bartaraf etishga urg'u beradi asosan kompilyatsiya vaqtida error checking (xatolarni tekshirish) va runtime checking (dastur ishlashni boshlagandagi tekshirish) amalga oshiriladi.
  • Multithreaded- Java multithreaded xususiyati bilan bir vaqtning o'zida ko'p vazifalarni bajarishi mumkin bo'lgan dasturlarni yozish mumkin. Ushbu dizayn xususiyati bilan dasturchilar muammosiz ishlashi mumkin bo'lgan interfaol dasturlarni yaratadilar.
  • Interpreted - Java bayt kodi tezda local kompyuterga tarjima qilinadi. Instructions (ko'rsatmalar) hech qanday joyda saqlanmaydi. Development jarayoni tezroq kechadi.
  • High Performance- Just-In-Time kompilyatorlaridan foydalangan holda, Java yuqori tezlikda ishlaydi.
  • Distributed-Java Distributed environment of Internet (internetning tarqatilgan muhitiga) mo'ljallangan.
  • Dynamic - Java C yoki C ++ dan ko'ra ko'proq dinamik deb hisoblanadi. Java dasturlari keng qamrovli bo'lishi mumkin. Ruxsat etilgan ma'lumotlarni tekshirish va hal qilish uchun ishlatilishi mumkin

Java yaratilish tarixi - History of Java

  • Jeyms Gosling 1991 yil iyun oyida Java dasturini ishga tushirdi. Dastlab, "Oak (eman)" deb nomlangan til, tashqarida turgan eman daraxtiga atab nom berildi keyin Goslingning idorasi, shuningdek, "Green (Yashil)" deb nomlangan va keyinroq Java deb o'zgartirildi, tasodifiy so'zlar ro'yxatidan.
  • Sun 1995 yilda birinchi dasturni Java 1.0 deb ommaga e'lon qildi va Write Once, Run Anywhere (WORA) iborasini ilgari surdi.
  • 2006 yil 13 noyabrda Sun Java-ning ko'p qismini bepul va ochiq kodli dasturiy ta'minot shartlariga muvofiq chiqargan GNU General Public License (GPL) e'lon qildi .
  • 2007-yil 8-may kuni Sun, Sunning barcha Java kodlarini erkin va open-source tarziga otqzishni yakunladi.


Java o'rganishda sizga kerak bo'lgan dasturlar

Linux

Java JDK 8

Istalgan tekst muharriri (Text Editor) kerak bo'ladi

 Qisqacha tanishuvdan so'ng amaliy darslarga navbat keldi! Keyingi Bob tugmasini bosing!


Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017