JavaScript Data(Ma’lumot) turlari

JavaScript Data(Ma’lumot) turlari


Javascriptdagi Ma’lumot turlari


String(matnli o’zgaruvchi), Number(son), Boolean, Array(Massiv), Object


JavaScript ma’lumot turlari

JavaScript ko’p turli ma’lumotlarni saqlay oladi:

var Uzunligi = 16;                               // Number(Son)
var familiya = "Alimov";                      // String
var avtoulov = ["Nexia", "Matiz", "Lacetti"];           // Array(massiv)
var x = {ism:"Rustam", familiya:"Alimov"};    // Object

Ma’lumot turlarining tushunchalari

Dasturlashda, ma’lumot turlari juda muhum tushunchadir.

O’zgaruvchilarni boshqara olish uchun, turlar haqida tushunchaga ega bo’lish shart.

Ma’lumot turlarisiz, kompyuter o’zgaruvchilarni hatosiz boshqara olmaydi:

var x = 16 + "Nexia";

O’noltiga "Nexia"ni qo’shish qandaydir ma’noga egami?Bu holat xato yuzaga keltiradimi, yoki javob qaytaradimi?

JavaScript yuqoridagi kodni ushbu ko’rinishda qabul qiladi:

var x = "16" + "Nexia";

...   Songa string(matnli o’zgaruvchi) qo’shilganda, JavaScript sonni string(so’z) sifatida qabul qiladi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = 16 + "Nexia";

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = "Nexia" + 16;

JavaScript ifodalarni chapdan o’ngga hisoblaydi. Turli hil ketma-ketliklar turli natijalar qaytarishi mumkun:

JavaScript:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = 16 + 4 + "Nexia";

Natija:

20Nexia

JavaScript:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = "Nexia" + 16 + 4;

Natija:

Nexia164

Birinchi namunada, "Nexia" ga yetguncha, JavaScript 16 va 4 ni son sifatida qabul qiladi.

Ikkinchi namunada, birinchi kelayotgan obyekt(operand) string bo’lgani sababli, hamma obyektlar(operandlar) string sifatida qabul qilinadi.


JavaScript o’zgaruvchan turlarga ega

JavaScript o’zgaruvchan turlarga ega, ya’ni bir o’zgaruvchi turli hillarda foydalanilishi mumkun:

Namuna

var x;               // Hozirda x aniqlanmagan
var x = 5;           // endi x son
var x = "Rustam"      // endi esa x string(matnli o’zgaruvchi)

JavaScript String'lari(matnli o’zgaruvchilari)

String(matnli o’zgaruvchi), "Rustam Alimov" kabi bir qator belgilardan iboratdir.

String(matnli o’zgaruvchilar) tirnoq bilan yoziladi. Ham tirnoq, hamda qo’sh tirnoqdan foydalanishingiz mumkun:

Namuna

var avtonomi = "Chevrolet Nexia";   // qo’shtirnoq
var avtonomi = 'Chevrolet Nexia';   // tirnoq

String'ning atrofidagi tirnoqlarga moslashmagan holdagina, string'ning ichida tirnoqdan foydalanishingiz mumkun:

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r
var javob = "to'g'ri";             // tirnoq qo’shtirnoqlar ichida
var javob = "uning ismi 'Rustam'";    // tirnoqlar qo’shtirnoqlar ichida
var javob = 'U chaqirdi "Rustam"ni';    // tirnoqlar ichida qo’shtirnoqlar

Darslarimiz davomida String'lar haqida yanada chuqurroq bilimga ega bo’lasiz.


JavaScript Sonlar

JavaScript faqatgina bir turdagi sonlarga ega.

Sonlar o’nlik sonlardaham, o’nlik sonlarsizham yozilishi mumkun:

Namuna

var x1 = 34.00;     // o’nlik sistemada yozilgan
var x2 = 34;        // o’nlik emas

O’ta katta yoki o’ta kichkina sonlar ilmiy(exponent) qaydda ham yozilishi mumkun:

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r
var y = 123e5;      // 12300000
var z = 123e-5;     // 0.00123

Darslarimiz davomida sonlar haqida yanada chuqurroq bilimga ega bo’lasiz.


Javascript Booleans

Boolean'lar faqat ikki qiymatga ega: True(to’g’ri) yoki False(yolg’on).

Namuna

var x = true;
var y = false;

Boolean'lar odatda shartli tekshiruvlarda qo’llaniladi.


JavaScript Array'lar(massivlar)

Javascript arraylari(massivlari) to’g’ri burchakli qavslarda yoziladi.

Array elementlari vergul yordamida ajratiladi.

Quyidagi kod, uchta elementdan tashkil topgan(avtoning nomi),avtoulov nomli array(massiv yaratadi):

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r
var avtoulov = [’Nexia’, ’Matiz’, ’Lacetti’];

Array indekslari nol qiymatidan boshlangani sababli, birinchi element [0] , ikkinchisi [1] va hokazo.


JavaScript obyektlari

JavaScript obyektlari jingalak qavslar yordamida yoziladi.

Obyekt xususiyatlari nom:qiymat ko’rinishida yozilib, juftliklari vergul yordamida ajratiladi:

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r
var shaxs = {ism:"Rustam", familiya:"Alimov", yosh:50, ko’z rangi:"ko’k"};

Yuqoridagi namunadagi obyekt(shaxs) 4-xususiyatga ega: ism, familiya, yosh, ko’z rangi.


"typeof" operatori

JavaScript typeof operatorini yordamida, JavaScript o’zgaruvchisining turini aniqlay olasiz:

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r
typeof "Rustam"                // Returns "string" 
typeof 3.14                  //  "number"(son) qaytaradi
typeof false                 //  "boolean" qaytaradi 
typeof [1,2,3,4]             //  "object" ("array"emas, pastdagi ma’lumotga qarang)
typeof {ism:'Rustam', yosh:34} // "object"
        

...   typeof operatori array(massiv) uchun obyekt qaytaradi, chunki JavaScriptda array'lar obyektlar deb hisoblanadi.


Undefined(aniqlanmagan)

JavaScriptda qiymatga ega bo’lmagan o’zgaruvchi, undefined qiymatiga ega bo’ladi. typeof operatori ham ushbu holatda undefined qiymatini qaytaradi.

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r
var shaxs;                  // qiymat aniqlanmagan, ma’lumot turi aniqlanmagan

Harqanday o’zgaruvchining , qiymatini undefined’ga tenglash yordamida, bo’shatish mumkun.

Shunda o’zgaruvchining turi ham undefined’ga teng bo’ladi.

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r
shaxs = undefined;          //qiymat aniqlanmagan, ma’lumot turi aniqlanmagan 

Bo’sh qiymatlar

Bo’sh qiymat hechqanday ma’noga ega bolmaydi, va undefined ham hisoblanmaydi

Bo’sh string(matnli o’zgaruvchi) ham qiymatga, ham turga ega bo’ladi.

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r
var avto = "";                // qiymati "" ga teng, typeof "string"ga teng

NULL(Hech narsa)

JavaScriptda null "Hech narsa"ga teng. Ya’ni mavjud bo’lmagan bir narsa.

Afsuski,JavaScriptda obyektning ma’lumot turi null'ga teng.

... Obyekt typeof null'ga tengligini Javascriptda bug(xatolik) deb hisoblasangiz ham bo’ladi. Obyektning ma’lumot turi null bo’lishi kerak.

Obyektni null'ga tenglagan holda, uni bo’shata olasiz:

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r
var shaxs = null;           // qiymati null'ga teng, lekin turi hamon obyekt

Huddi shunday Obyektni undefined'ga tenglagan holda ham, uni bo’shata olasiz:

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r
var shaxs = undefined;     // qiymati undefined, turi ham undefined

Undefined va Null'ning farqi

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r
typeof undefined             // undefined
typeof null                  // object
null === undefined           // false
null == undefined            // true


Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017