JavaScript funksiyalari

Javascript funsiyalari


JavaScript funksiyasi, alohida bir vazifani bajarish uchun mo’ljallangan bir blok kod.

JavaScript funksiya nimadir uni chaqirganda ishga tushadi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
function meningFunksiyam(p1, p2) {
    return p1 * p2;              // funksiya p1 va p2 ning ko’paytmasini qaytaradi
}

JavaScript funksiyasining sintaksisi

Javascript funksiyasi function kalit so’zi yordamida aniqlanadi, ketida funksiyaning nomi va qavs().

Funksiyaning nomi o’z ichiga: harflar, raqamlar, ostki chiziqlar, dollar belgilarini oladi.

Qavslar o’z ichiga vergul bilan ajratilgan parameter nomlarini oladi:
(parameter1, parameter2, ...)

ishlaydigan kodimiz jingalak qavslar ichida joylashadi: {}

function name(parameter1, parameter2, parameter3) {
    ishga tushadigan kod
}

Funksiya parametrlari, funksiyaning aniqlanishida sanab o’tilgan nomlardir.

Funksiyaning argumentlari, funksiyaning ishga tushganida qabul qilib olgan haqiqiy qiymatlardir.

funksiyaning ichida argumentlar(parametrlar) mahalliy o’zgaruvchi sifatida ishlaydi.


Funksiyani chaqirish

Funksiyaning ichidagi kod, uni nimadir chaqirganda ishga tushadi:

  • Hodisa yuz berganda(foydalanuvchi tugmani bosganida)
  • JavaScript kodidan chaqirilganida
  • Avtomatik(o’zi ishlaydi)

Funksiyani chaqirish haqida darslarimiz davomida chuqur bilimga ega bo’lasiz.


Funksiyaning natijasi(javobi)

JavaScript natija ifodaga yetganida funksiya ishlashdan to’xtaydi.

Funksiya ifoda orqali chaqirilgan bo’lsa, JavaScript kodni chaqirilgandan so’ng qaytaradi.

Odatda funksiya natijaning qiymatini hisoblaydi. Natijaning qiymati chaqiruvchiga qaytariladi:

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r

(2ta sonning ko’paytmasini hisobla,va natijani qaytar):

var x = meningFunksiyam(4, 3);        // Funksiya chaqirildi, natija qiymati x'da bo'ladi

function meningFunksiyam(a, b) {
    return a * b;                // Funksiya a va b'ning ko’paytmasini qaytaradi
}

x'ning natijasi:

12

Nima uchun funksiyalar kerak?

Koddan qayta foydalana olasiz: kodni bir martta belgilab, ko’ marotaba faydalana olasiz.

Turli hil natijaga erishish uchun, ayni kodni ko’p marotaba turli hil argumentlar bilan ishlata olasiz.

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r

(Farengeytni celsiyga otkazing):

function Celsiusga(farengeyt) {
    return (5/9) * (farengeyt-32);
}
document.getElementById("demo").innerHTML = Celsiusga(77);

() operator funcsiyani chaqiradi

Yuqoridagi namunadan foydalangan holda, Celsiusga funksiyaning obyektiga tegishlidir va Celsiusga() funksiyaning natijasiga tegishli.

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r

(Farengeytni celsiyga otkazing):

function Celsiusga(farengeyt) {
    return (5/9) * (farengeyt-32);
}
document.getElementById("demo").innerHTML = Celsiusga;

Funksiya o’zgaruvchining qiymati sifatida foydalaniladi

Funksiyalardan huddi o’zgaruvchilardan foydalangandek foydalanish mumkun, har turli formulalar, hisoblarda va hokazo.

Namuna

O'zingni Sinab Ko'r

(o’zgaruvchining o’rniga funksiyaning natija qiymatidan foydalanish):

var x = Celsiusga(77);
var text = "Temperatura " + x + " Celsius";

Funksiyani to’g’ridan to’g’ri, o’zgaruvchining qiymati sifatida foydalanish:

var text = "Temperatura " + Celsiusga(77) + " Celsius";

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017