JavaScript sintaksis

JavaScript sintaksis


JavaScriptda sintaksis deb ataluvchi qoidalar majmuyi bo'lib, aynan ular kodni to'g'ri ishlashini ta'minlab berishadi. JavaScriptda yozilgan har bir qator koddan keyin albatta nuqtali vergul (;) qo'yilishi shart. Aks holda kodda xatolik bo'ladi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = 5;
var y = 6;
var z = x + y; 

JavaScript qiymatlari

JavaScriptda qiymatlar ikki xil ko'rinishda ifodalanadi: O'zgarmas va o'zgaruvchan. O'zgarmas qiymatlar "Literal"lar deb atalsa o'zgaruvchi qiymatlar esa o'z nomi bilan "O'zgaruvchi"lar deyiladi.


JavaScriptda literallar

O'zgarmas qiymatlarni yozayotganimizda bitta narsaga alohida e'tibor qaratishga to'g'ri keladi, ya'ni raqamlar o'nlik yoki butun ko'rinishda yozilishi kerak.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
10.50
1001 

String ikki qo'shtirnoqli yoki bir qo'shtirnoqli ko'rinishadagi matnlarni qabul qiladi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
"John Doe"
'John Doe' 

JavaScriptda o'zgaruvchilar

Komputer daturlash tilida, o'zgaruvchilar ma'lumotlarni e'lon qilish uchun ishlatiladi. JavaScriptda o'zgaruvchilarni var funksiyasi orqali e'lon qilamiz.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x;
x = 6;

JacaScriptda matematik ishoralar

Tenglik (=) belgisi o'zgaruvchilarni o'zaro tenglashtirishni bildirsa, Plus (+), minus (-), ko'paytiruv (*), bo'luv (/) kabi matematik ishoralar ham arifmetik amallarni bajaradi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = 5;
var y = 6;
(5 + 6) * 10;

JavaScriptda matematik ifodalar

Matematik ifodalar - qiymatlar, o'zgaruvchilar, no'malumlarning va ularning ishoralini yig'indisidan tashkil topgan ifodaga aytiladi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
5 * 10
x * 10
"John" + " " + "Doe"

Shuningdek, javascriptda ma'lum bir vazifani bajaruchi tugmala ham mavjud bo'lib, ular yangi o'zgaruvchilar yaratishni taqazo qiladi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = 5 + 6;
var y = x * 10;

JavaScriptda izohlar

Ba'zida javascriptda yozilgan barcha kodlarni ishlashi talab etilmaydi. Bunday holda ularni izoh sifatida belgilab qo'yish orqali ularni foydalanuvchilarga ko'rinmasligini ta'milash mumkin. Buning uchun slash (//) yoki /* */ kabi maxsus belgilardan foydalaniladi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = 5;   // Bu yerda x ning qiymati 5 ga tenglashtirildi
// var x = 6;   Bu esa shunchaki izoh

JavaScript o'zgaruvchilar nomlari

JavaScriptda e'lon qilishga o'zgaruvchilar bo'ladimi, funksiya nomlari bo'ladimi, agar ular bir xil nom bilan biri katta harf bilan ikkinchisi kichik harf bilan yozilgan bo'lsa, bu ikki xil o'zgaruvchi sifatida qaraladi va kodda xatolik vujudga kelmaydi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
lastName = "Abdulla";
lastname = "Abdullayev"; 

Ammo o'zgaruvchilarni nomi asli kabi yoziladi. var funksiyasi VAR yoki Var kabi emas.

JavaScriptda o'zgaruvchilarni e'lon qilishda ostki chiqiq (_), katta xarflardan foydalanish mumkin. Odatda o'zgaruvchilar kichik harflarda e'lon qilinadi.


Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017