JavaScript asoslari

JavaScript asoslari


JavaScript HTML sahifasining <body> va <head> bo'limlariga joylashtirilishi mumkin.


<script> tegi

HTML da JavaScript kodi <script> va </script> teglari o'rtasida bo'lishi shart

Namuna:

<script>
document.getElementById("hidden").innerHTML = "Mening birinchi JavaScript im.";
</script>

JavaScript Funksiyalari va Hodisalari

JavaScript funksiyasi bu kerak bo'lgada chaqirib ishga tushuriladigan JavaScript kodi bo'lagi. Masalan: funksiya tugma bosilishi kabi hodisalar yuz berganda ishga tushishi mumkin.

JavaScript Funksiyalari va Hodisalari haqida to'liq ma'lumotlarni keyingi darslarimizda o'rganib olasiz.


<head> yoki <body> bo'imlarida JavaScript

HTML dokumentga o'zingiz xohlagancha scriptlarni joylashtirishingiz mumkin.

Scriptlar <body> yoki <head> bo'limida yoki ikkala bo'limda bo'lishi mumkin.

... Barcha kodni bitta joyda saqlash bu yaxshi odat.


<head> da JavaScript

Quyidagi misolda JavaScript funksiyasi HTML sahifasining <head> bo'limiga joylashtirilgan.

Bu funksiya tugma bosilganda chaqiriladi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
<script>
function myFunction() {
    document.getElementById("hidden").innerHTML = "Paragraf o'zgartirildi.";
}
</script>
</head>

<body>

<h1>Mening veb sahifam</h1>

<p id="hidden">Paragraf</p>

<button type="button" onclick="myFunction()">Sinab ko'r!</button>

</body>
</html>

<body> da JavaScript

Quyidagi misolda JavaScript funksiyasi HTML sahifasining <body> bo'limiga joylashtirilgan.

Bu funksiya tugma bosilganda chaqiriladi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
<!DOCTYPE html>
<html>
<body> 

<h1>Mening veb sahifam</h1>

<p id="hidden">Paragraf</p>

<button type="button" onclick="myFunction()">Sinab ko'r!</button>

<script>
function myFunction() {
   document.getElementById("hidden").innerHTML = "Paragraf o'zgartirildi.";
}
</script>

</body>
</html>

Scriptlarni <body> elementining oxirida joylashtirgan ma'qul. Bu sahifalarni ochilishini tezlashtiradi chunki scriptlar sekin yozilishi mumkin.


Tashqi JavaScript

scriptlar tashqi fayllarda ham joylashtirilishi mumkin.

Namuna:

meningScriptim.js
function meningFunksiyam() {
   document.getElementById("hidden").innerHTML = "Paragraf o'zgartirildi.";
}

Tashqi scriptlardan biron bir kod turli veb sahifalarda ishlatilganda foydalanish juda qulay.

JavaScript fayllari .js kengaytma bilan saqlanadi.

Tashqi scriptdan foydalanish uchun <script> tegining src atributiga fayl nomini kiriting.

Namuna:

<!DOCTYPE html>
<html>
<body>
<script src="meningScriptim.js"></script>
</body>
</html>

Tashqi scriptga havolani <head> yoki <body> ichiga joylashtirish mumkin.

Scriptga havola scriptning xuddi o'zi kabi ishlaydi.

Tashqi scriptlarda <script> tegini ishlatish mumkin emas.


Tashqi JavaScriptning qulayliklari

Tashqi JavaScriptning bir nechta qulayliklari bor:

  • U HTML ni koddan ajratadi
  • U HTML va JavaScript ni o'qishni va tahrirlashni onsonlashtiradi.
  • Keshlangan JavaScript fayllari sahifalar ochilishini tezlashtiradi.

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017