JavaScript operatorlari

JavaScript operatorlari


JavaScript operatorlari(amallari)

Quyida keltirilgan misol o`zgaruvchilarga qiymatlarni yuklab, yig`indisini boshqa bir o`zgaruvchiga yuklaydi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = 5;          
var y = 2;          
var z = x + y;     

JavaScript arifmetik amallari

Arifmetik operatorlar JavaScriptda sonlar ustida turli xil arifmetik amallarni bajarish uchun qo`llaniladi.

Operator Tavsifi
+ Qo`shish amali
- Ayirish amali
* Ko`paytirish amali
/ Bo`lish amali
% Qoldiqni topish amali
++ Bittaga oshirish amali
-- Bittaga kamaytirish amali

Qo’shish amali

Qo`shish amali sonlarni bir-biriga qo`shishda ishlatiladi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = 5;
var y = 2;
var z = x + y;

Ko`paytirish amali

Ko`paytirish amali sonlarni bir biriga ko`paytirishda ishlatiladi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = 5;
var y = 2;
var z = x * y;

JavaScript yuklash amallari

Yuklash amallari JavaScript o`zgaruvchilariga biror bir qiymatni yuklashda ishlatiladi.

Operator Namuna Tavsifi
= x = y x = y
+= x += y x = x + y
-= x -= y x = x - y
*= x *= y x = x * y
/= x /= y x = x / y
%= x %= y x = x % y

Yuklash amali

Yuklash amali, ya’ni tenglik belgisi ( = ) JavaScript o`zgaruvchilariga biror bir qiymatni yuklashda ishlatiladi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = 10;

Qo`shib yuklash amali

Qo’shib yuklash amali (+=) o`zgaruvchi qiymatiga biror bir qiymatni qo`shib unga yana qayta yuklaydi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = 10;
x += 5;

JavaScriptda yozuvli o`zgaruvchilar ustida amallar bajarish

Qo`shuv amali yozuvli o`zgaruvchilar ustida ham bajariladi, bunda qiymatlar birining ketidan ikkinchisini qo`shib yozish bilan ifodalanadi.

Namuna1:

O'zingni Sinab Ko'r
txt1 = "olma";
txt2 = "anor";
txt3 = txt1 + " " + txt2;

Namuna2:

O'zingni Sinab Ko'r
txt1 = "Qandayin ";
txt1 += "ajoyib kun";

Sonli va yozuvli qiymatga ega bo`lgan o`zgaruvchilarni qo`shish

Ikkita sonli o`zgaruvchini qo`shganda, sonli qiymatga ega bo`lamiz, lekin sonli o`zgaruvchiga yozuvli o`zgaruvchini qo`shganimizda natija yozuvli o`zgaruvchi bo`ladi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
x = 5 + 5;
y = "5" + 5;
z = "olma" + 5;

JavaScript taqqoslash va mantiqiy amallari

Operator Tavsifi
== bir xil(teng)
=== bir xil qiymat va bir xil o`zgaruvchi turi
!= bir xil emas(teng emas)
!== bir xil bo`lmagan qiymat va bir xil bo`lmagan o`zgaruvchi turi
> taqqoslash katta amali
< taqqoslash kichik amali
>= taqqoslash katta yoki tenglik amali
<= taqqoslash kichik yoki tenglik amali

JavaScript o`zgaruvchilari turi ustida amallar

Operator Tavsifi
typeof o`zgaruvchi turini qaytaradi
instanceof to`g`ri mulohazani qaytaradi, agarda obyekt o`sha obyektning turi misolida bo`lsa

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017