JavaScript o`zgaruvchilari

JavaScript o`zgaruvchilari


JavaScript o`zgaruvchilari

JavaScriptda o`zgaruvchilar biror-bir ma’lumot qiymatini o`zida saqlovchi konteyner vazifasini o`taydi.

Quyida keltirilgan namunada x, y va z o`zgaruvchilardir.


Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = 5;
var y = 6;
var z = x + y;

Yuqoridagi misoldan biz xulosa qilamizki

  • x - 5 qiymatini o`zida saqlaydi
  • y - 6 qiymatini o`zida saqlaydi
  • z - 11 qiymatini o`zida saqlaydi

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var narx1 = 5;
var narx2 = 6;
var jami = narx1 + narx2;

Dasturlashda ham o`zgaruvchilar nomini matematik tahlil qilayotganimizda qanday nomlasak xuddi shu tariqa nomlash birmuncha qulay(ya’ni, narx1, narx2 kabi).

Demak, yuqoridagi misolda jami narx, ya’ni jami o`zgaruvchisi 11 qiymatini o`zida saqlaydi.

O`zgaruvchilar o`zida biror-bir qiymat saqlaydi.

JavaScriptda o`zgaruvchilar nomlanishi

JavaScriptda har bir o`zgaruvchi alohida nomga ega bo`lishi kerak. Bir nomga ega ikki yoki undan ko`p o`zgaruvchilar bo`lmaydi.

O`zgaruvchilarga beriladigan nomlar qisqa (x, y yoki shunga o`xshash) yoki biror bir narsani ifodalovchi ko`rinishda bo`lishi mumkin(yosh, umimiyQiymat, vazn kabi.

O`zgaruvchilarga nom berishda rioya qilinishi kerak bo`lgan umumiy qonun-qoidalar quyidagilar:

  • O`zgaruvchi nomlari tarkibida harflar, sonlar, pastki chiziq va dollar belgisi bo`lishi mumkin
  • O`zgaruvchi nomlari harflar bilan boshlanmog`i zarur
  • O`zgaruvchi nomlari _ yoki $ belgilari bilan ham boshlanishi mumkin (lekin biz bu darsligimizda bu belgilardan foydalanmaymiz)
  • Bosh harf va kichkina harf bilan yozilgan o`zgaruvchi nomlari ikki xil o`zgaruvchini bildiradi( a va A boshqa-boshqa o`zgaruvchi nomlari ekanligini bildiradi)
  • JavaScriptda ishlatiladigan kalit so`zlarni o`zgaruvchi nomi sifatida ishlatib bo`lmaydi

JavaScript yuklash operatori

JavaScriptda tenglik belgisi ( = ) tenglashtirish vazifasini emas, ba’lki yuklash vazifasini bajaradi.

Quyida keltiriladigan misol matematik hisoblashlarga mutlaqo aloqasi yo`q, ya’ni matematikada biror bir ma’no kasb etmaydi:

x = x + 5

Lekin JavaScriptda bu biror bir qiymatni o`zgaruvchiga yuklashni bildiradi: x + 5 qiymatni x ga yuklaydi.

(Yuqoridagi misol x + 5 ni hisoblab, chiqqan natijani x ning qiymatiga tenglashtiradi. Bunda x ning qiymati 5ga oshgan)

JavaScriptda tenglik operatori == (ikkita yonma-yon kelgan tenglik belgisi) kabi ifodalanadi.

JavaScriptda o`zgaruvchilar turi

JavaScriptda o`zgaruvchilar sonli (100, 5) yoki yozuvli (“Aziz”, “olma”, “10” ) qiymatlarga ega bo`lishi mumkin.

JavaScript turli xildagi qiymatlarga ega bo`lgan o`zgaruvchilarni o`z ichiga oladi, hozircha biz faqat sonli va yozuvlilarini ko`rib chiqamiz.

Yozuvli qiymatlar qo`shtirnoq ichida yozilishi kerak. Sonli qiymatlar esa qo`shtirnoqsiz ham yozilaveradi.

Agarda siz qo`shtirnoq ichida sonlarni ham kiritib o`tgan bo`lsangiz, bu ham yozuvli qiymat sifatida qabul qilinadi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var pi = 3.14;
var meva = "olma";
var javob = 'Ha olma!';

JavaScript o`zgaruvchilarini e’lon qilish(yaratish)

JavaScriptda o`zgaruvchilarni yaratish – o`zgaruvchilarni e’lon qilish deya nomlanadi.

Bunda JavaScript o`zgaruvchilari var kalit so`zi bilan e’lon qilinadi:

var mashina;

Yuqoridagi misolimizda o`zgaruvchini e’lon qilganimizdan so`ng unga qiymat bermadik. (Aslini olganda, uning “aniqlanmagan” qiymati mavjuddir)

O`zgaruvchiga biror-bir qiymatni yuklash uchun tenglik belgisidan foydalanamiz:

mashina = "Volvo";

O`zgaruvchi e’lon qilinayotgan vaqtda ham unga qiymat berish mumkin:

 var mashina = "Volvo";

Quyida keltirilgan misolda, biz mashina degan o`zgaruvchi yaratib, unga “Volvo” qiymatini yukladik. Keyin, qiymatni HTML paragrafida id=“demo” nomi bilan chiqardik.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
<p id="demo"></p>
<script>
var cmashina = "Volvo";
document.getElementById("demo").innerHTML = mashina; 
</script>

Bitta qatorda bir nechta o`zgaruvchilarni e’lon qilish

JavaScriptda bitta qatorning o`zida bir nechta o`zgaruvchilarni e’lon qilish mumkin.

Bunda o`zgaruvchilar var bilan e’lon qilinib, har bir o`zgaruvchi vergul bilan ajartilib yoziladi:

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var meva = "olma", mashina = "Volvo", narxi = 200;

O`zgaruvchilarni e’lon qilish bir nechta qatorga cho`zilib ketishi ham mumkin:

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var meva = "olma",
mashina = "Volvo",
narxi = 200;

Aniqlanmagan qiymat

Dasturlashda, o`zgaruvchilar ko`pincha biror bir qiymatsiz e’lon qilinadi. O`zgaruvchilar hisoblanishi kerak bo`ladigan yoki keyinchalik e’lon qilinadigan yoki foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan biror bir qiymatga ega bo`lishi mumkin.

Biror bir qiymatsiz e’lon qilingan o`zgaruvchi aniqlanmagan degan qiymatni o`zida saqlaydi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var mashina;

JavaScript o`zgaruvchilarini qayta e’lon qilish

JavaScript o`zgaruvchisini qayta e’lon qilsangiz ham u o`zining qiymatini yo`qotmaydi.

Quyida keltirilgan misolda carName o`zgaruvchisi o`zining “Volvo” degan qiymatini dastur ishga tushgandan keyin ham saqlab turadi:

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var mashina = "Volvo";
var mashina;

JavaScript arifmatikasi

JavaScriptda ham = va + operatorlarini qo`llagan holda arifmetik amallarni amalga oshirish mumkin:

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = 5 + 2 + 3;

JavaScriptda yozuvli string qiymatlarining ustida ham qo`shish amalini amalga oshirish mumkin, lekin bunda qiymatlar birining ketidan ikkinchisini qo`shib yozish bilan ifodalanadi.

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = "olma" + " " + "anor";

Quyidagini ham amalga oshirib ko`ring

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = "5" + 2 + 3;

Agarda qo`shtirnoq ichida son kelsa ham u yozuvli qiymat hisobida bo`ladi:

Namuna:

O'zingni Sinab Ko'r
var x = 2 + 3 + "5";

Innovative Lab web sahifasiga xush kelibsiz biz bilan birga IT sohasidagi o'z bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirib boring!


Telegram kanalimizdan kunlik darslarni o'rganing  

TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI - 2017